Umumiy qoidalar


-modda. Raqobatchini obro‘sizlantirish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

192-modda. Raqobatchini obro‘sizlantirish
Raqobatchini obro‘sizlantirish, ya’ni bosma yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnlarda
yoki ommaviy axborot vositalari orqali xo‘jalik yurituvchi subyektning ishbilarmonlik nufuziga putur
yetkazish maqsadida bila turib yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(192-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 
27-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
XIII bob. Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan
bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga
tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar
192 -modda. Xususiy mulk huquqini buzish
Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat
tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini
buzish yo‘li bilan ularga zarar yetkazish, ya’ni mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va
(yoki) undan mahrum etish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon bo‘lgan
shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni
topshirishni asossiz ravishda talab qilish, shuningdek mulkdorning mulkini olib qo‘yish yoxud uni
o‘z mol-mulkiga bo‘lgan huquqidan voz kechishga majburlash, talon-toroj alomatlari mavjud
bo‘lmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan
bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(192 -moddaning birinchi qismi sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
241 -moddasi
.
O‘sha harakatlar:
a) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch
yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin