Umumiy qoidalar


 -modda. Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

192 -modda. Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor
shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish
Mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, ya’ni nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat
tashkiloti mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning
huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat
manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(192 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat:
a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch
yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(192 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan
mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(XIII bob O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin