Umumiy qoidalar


-modda. Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

194-modda. Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan
yashirish yoki buzib ko‘rsatish
Maxsus vakolatga ega mansabdor shaxslar tomonidan zararli ekologik oqibatlarni keltirib
chiqargan halokatlar yoki atrof tabiiy muhitning radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriyaviy ifloslanganligi
yoxud odam hayoti yoki sog‘lig‘i, tirik tabiat uchun xavfli bo‘lgan boshqacha tarzda ifloslanganligi
haqidagi yoxud aholi salomatligining holatiga doir ma’lumotlarni qasddan yashirilishi yoki buzib
taqdim etilishi aholining ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib
ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy
jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(194-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmishlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(194-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-
421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-
dekabrdagi 36-sonli “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va
boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 
9-bandi
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin