(195-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmishlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(195-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-
421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
196-modda. Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish
Yerlarni ifloslantirish yoki buzish, suv yoki atmosfera havosini ifloslantirish odamlarning
ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki
boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy
jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(196-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmishlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(196-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-
421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 79-moddasi to‘rtinchi qismining
ikkinchi
,
to‘rtinchi
xatboshilari
, 90-moddasi ikkinchi qismining
ikkinchi
,
to‘rtinchi xatboshilari
, O‘zbekiston Respublikasining
“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining
99-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera
havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining
24-moddasi
.
Dostları ilə paylaş: