LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-
maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun
javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 10-bandining
ikkinchi
xatboshisi
, 11-bandining
to‘rtinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-
martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti haqida”gi qarori 8-bandining
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi
jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining
7-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va
kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 15-bandining
ikkinchi xatboshisi
..
Oldingi
tahrirga qarang.
192 -modda. Pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud
ularni o‘z vaqtida qaytarmaslik
Tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz
qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablag‘larini o‘z
vaqtida qaytarmaslik, talon-toroj qilish alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, shunday harakatlar
uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni
cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan
mahrum qilish tarzidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(192 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 10-maydagi O‘RQ-841-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2023-y., 03/23/841/0270-son — 2023-yil 12-avgustdan
kuchga kiradi)
Dostları ilə paylaş: