Umumiy qoidalar


-modda. Hokimiyat harakatsizligi



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

208-modda. Hokimiyat harakatsizligi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Hokimiyat harakatsizligi, ya’ni davlat organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat vazifasi
yuzasidan bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan harakatlarni qasddan bajarmasligi fuqarolarning
huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat
manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, xuddi shuningdek
bunday harakatsizlik jinoyatga yo‘l qo‘ygan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
(208-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir
yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(208-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 10-
apreldagi 7-sonli “Sud hujjatlarini bajarishdan bo‘yin tovlash va ularning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish
uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining
to‘rtinchi xatboshisi
.
209-modda. Mansab soxtakorligi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mansab soxtakorligi, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining g‘arazgo‘ylik yoki boshqa manfaatlarni ko‘zlab rasmiy
hujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila
turib soxta hujjatlar tuzishi va taqdim etishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga
sabab bo‘lsa, —
(209-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi
O‘RQ-391-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.


bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat
ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(209-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(209-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-
sentabrdagi 19-sonli “Poraxo‘rlik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
4-bandi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi
qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 8-
bandining 
ikkinchi xatboshisi 
va 
13-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-
maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun
javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining 
to‘rtinchi
xatboshisi
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin