Umumiy qoidalar



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

211-modda. Pora berish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pora berish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan
foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan
shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila
turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, —
(211-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi
O‘RQ-391-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki
yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(211-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Pora berish:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 
210
yoki 
212-moddalarida 
nazarda
tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pora berish:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
(211-moddaning uchinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi
O‘RQ-391-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti, shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy
harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin
ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod
etiladi.
 LexUZ sharhi


Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-
sentabrdagi 19-sonli “Poraxo‘rlik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish
yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
10-bandi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 11-oktabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 22-bandining 
ikkinchi xatboshisi 
va 
23-bandi
.
(211-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin