Umumiy qoidalar


-modda. Taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish yoki favqulodda holat sharoitida



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

218-modda. Taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish yoki favqulodda holat sharoitida
korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga to‘sqinlik qilish
Taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish, shuningdek, favqulodda holat sharoitida korxona,
muassasa yoxud tashkilotlar ishiga to‘sqinlik qilish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki
yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(218-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
219-modda. Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik
ko‘rsatish
Qarshilik ko‘rsatish, ya’ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy
faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir
yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(219-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-
719-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/719/0929-son)
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslarni qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining
xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek qonunga
xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(219-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-
719-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/719/0929-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid
ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 
10-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori 9-bandining 
uchinchi
 va 
to‘rtinchi xatboshilari
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin