22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
229 -modda. Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish Oldingi tahrirga qarang. Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga
nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday
harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda
o‘zboshimchalik bilan egallab olish, —
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan
yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda
ta’minlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni
cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(229 -moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 60-moddasi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 90-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 3-sonli “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarori 18- bandining ikkinchi xatboshisi . Oldingi tahrirga qarang.