Umumiy qoidalar


-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

227-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining
va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish,
ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish
(227-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 8-sentabrdagi O‘RQ-215-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 402-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning qat’iy hisobidagi hujjatlar, shtamplar, muhrlar,
blankalarni, shuningdek avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim
tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, xuddi shuningdek ularni nobud qilish, ularga
shikast yetkazish, ularni yashirish g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa.


(227-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 8-sentabrdagi
O‘RQ-215-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 402-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(227-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘sha harakatlar:
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy
hujjatlarga nisbatan yoxud o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar, shtamplar, muhrlar,
blankalarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa;
(227-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-
martdagi O‘RQ-759-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y.,
03/22/759/0213-son)
b) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(227-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
(227-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin