22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish Sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud
qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) yerlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) yerlarga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Ushbu moddaning
birinchi
va
ikkinchi qismlarida
nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta
sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u yer uchastkasining qaytarilishini hamda erning qishloq
xo‘jaligi oborotiga kiritilishini ta’minlasa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(229 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son) 5 6 6