XVI bob. Odil sudlovga qarshi jinoyatlar 230-modda. Aybsiz kishini javobgarlikka tortish Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan aybsizligi ayon bo‘lgan shaxsni ijtimoiy
xavfli qilmishni sodir etganlikda ayblab javobgarlikka tortish —
Oldingi tahrirga qarang. ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(230-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ- 389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) O‘sha harakat og‘ir yoki o‘ta og‘ir ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlikda ayblab sodir etilsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 4-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14 , 15- moddalari va 28-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 22 va 23-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 16-moddasi . Oldingi tahrirga qarang. 230 -modda. Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) Isbotlashni amalga oshirayotgan shaxslar yoki isbotlashda ishtirok etish uchun jalb
qilinayotgan shaxslar tomonidan dalillarning tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlari materiallari
bo‘yicha dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash chog‘ida g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda
hujjatlarga yoxud ashyolarga bila turib yolg‘on ma’lumotlarni kiritishda va o‘zga buzib
ko‘rsatishlarda namoyon bo‘ladigan soxtalashtirilishi (qalbakilashtirilishi), —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch
yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(230 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;
b) shaxsni ushlab turishga, qamoqqa olishga, jinoiy javobgarlikka tortishga yoki jinoiy
javobgarlikdan ozod etishga, hukm qilishga yoxud oqlashga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni soxtalashtirish
(qalbakilashtirish), xuddi shuningdek dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) og‘ir oqibatlarga
olib kelgan bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 95 -moddasi , O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-344-son “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 17- moddasi birinchi qismining birinchi , oltinchi xatboshilari .