Umumiy qoidalar


-modda. Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

215-modda. Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish
O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi
yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(215-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari
to‘g‘risida”gi Qonuni 16-moddasining 
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunining 
13-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunining 
8-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonunining 
13-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2


216-modda. Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish
G‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish yoki
ularning faoliyatini tiklash, shuningdek bunday birlashmalar yoki tashkilotlar faoliyatida faol
qatnashish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki
yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(216-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
71-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi
“O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunining 
3-moddasi 
va 
2-bobi 
(“Jamoat
birlashmalarining tuzilishi va ular faoliyatining to‘xtatilishi”), O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat
tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 
III 
(“Nodavlat notijorat tashkilotini tuzish tartibi”) va 
IV bo‘limlari
(“Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi”), O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni 
16
 va 
17-moddalari
.
(216-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy
Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin