216-modda. Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish
G‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish yoki
ularning faoliyatini tiklash, shuningdek bunday birlashmalar yoki tashkilotlar faoliyatida faol
qatnashish —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki
yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(216-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
71-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi
“O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunining
3-moddasi
va
2-bobi
(“Jamoat
birlashmalarining tuzilishi va ular faoliyatining to‘xtatilishi”), O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat
tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining
III
(“Nodavlat notijorat tashkilotini tuzish tartibi”) va
IV bo‘limlari
(“Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi”), O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni
16
va
17-moddalari
.
(216-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son
Qonuni
tahririda — Oliy
Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: