Kirish Pedagogik faol



Yüklə 325,89 Kb.
səhifə1/9
tarix01.12.2022
ölçüsü325,89 Kb.
#71742
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING TARBIYACHI FAOLIYATIDA TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI


PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING TARBIYACHI FAOLIYATIDA TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI



Kirish

1. Pedagogik faoliyatning o’ziga hos hususiyatlari

2. Tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari

3. Tarbiyaviy ishlarni olib borishda tarbiya va ta’limning o’rni
4. Mustaqillik sharoitida tarbiyaviy ishlar jarayoniga va guruh rahbari faoliyatiga qoyilgan talablar
Xulosa
Mavzuning dolzarbligi. Barkamol shaxsni tarbiyalash barcha davrlarda

muhim ijtimoiy talablardan biri bo‟lib kelgan, ammo bugungi sifat o‟zgarishlar ro‟y berayotgan bir davrda bu masalaning dolzarbligi yanada kuchayib talab ortib bormoqda.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta‟lim-tarbiya jarayoni qayta ko‟rib chiqilib uni rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta‟lim to‟g‟risidagi” Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning yaratilishi ta‟limni tubdan isloh qilish, uni o‟tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‟la halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma‟naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini berdi.
O‟zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‟zining bir qancha nutq va risolalarida istiqbolga erishishning yo‟llari, tamoyillarini aniq va ravshan ko‟rsatib bergan. Birinchi president I.A.Karimovning «Istiqlol va mya‟naviyat», «O‟zbekistonning siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari», «O‟zbekiston XXI asr bo‟sag‟asida», «Barkamol avlod orzusi» kabi asarlarida jyamiyatning ma‟naviy jihatdan yangilanishi va rivojlanishining asosiy negizlari bayon etilgan.
O‟tish davrining eng asosiy xususiyatlaridan biri bu - jamiyatning ma‟naviy jihatdan yanada yuqori pog‟onaga ko‟tarilishidir. CHunki o‟tish davri birinchi galda jamiyatdan ma‟naviy o‟sishni talab etadi. Ma‟naviy o‟sish o‟z navbatida fan-texnika, madaniyat, san‟at hamda iqtisodiy rivojlanishiga asos bo‟lib hizmat qiladi. SHuning uchun ham bugungi kunda ma‟naviy fazilatlarni tarbiyalash masalasi o‟ta dolzarb masaladir.
O‟zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da har tomonlama barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirish nazarda tutilgan. Bunday natijaga erishish uchun ta‟lim–tarbiya jarayonining uyg‟unligini ta‟minlash, tarbiya jarayonining qonuniyatlarini chuqur o‟rganish va bugungi kun talablariga javob bera oladigan barkamol yosh avlodni tarbiyalash usullarini taqiq qilish lozim. Barkamol avlod tarbiyasi ko‟p jihatdan bugungi kunda tahsil olayotgan bo‟lajak pedagoglarning tarbiyaviy ishlarni tashkil etish mahoratiga bog‟liqdir.
SHuning uchun bo‟lajak pedagoglarni tarbiyaviy ish uslubiyotiga doir bo‟lgan

bilimlar bilan muntazam ravishda tanishtirib borishimiz, bu borada malaka va ko‟nikmalarni shakllantirishga alohida e‟tibor berishimiz lozim.


Kurs ishining maqsadi: Pedagogik faoliyat jarayonida tarbiyaviy usullarning o‟rni va ahamiyatini taxlil qilish yo‟li bilan gurux raxbari mexnatida yuksak samaraga erishishni ta‟minlash.
Akademik litstsey, kollejdagi tarbiyaviy ish davri bir qator o‟quv yurti tadbirlari atrofiga birlashadi va uning amalga oshirilishida birinchi kursdan uchinchi kursgacha bo‟lgan xamma talabalar, gurux raxbarliri, ota-onalar, barcha o‟qituvchilar, «Kamolot» tashkiloti va otaliq korxona vakillari qatnashadi
Har qanday faoliyatda sifat va samaradorlikka yerishish xozirgi kunimizning muxim talabi xisoblanadi. O‟quv yurtidagi asosiy faoliyat o‟qishdir. SHuning uchun tarbiya o‟qish faoliyati bilan qancha ko‟p bog‟lansa, uning mazmunida tarbiyaviy tomon qancha kuchli bo‟lsa, tarbiya bilan ta‟lim birligi barcha choralar bilan xal qilinsa, u xolda muvoffaqiyatga erishish shuncha osonlashadi.
Ammo tarbiyaviy ta‟sir ta‟lim bilan cheklanmaydi. Uning mazmuni darsdan tashqarida talabalar faoliyatini uyushtirish, turli tuman tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish orqali to‟latiladi va xal qilinadi.
1. Pedagogik faoliyatning oziga hos hususiyatlari

Har qanday faoliyatda bo‟lgani singari, pedagogik faoliyatning ham bir nechta tarkibiy qismlari mavjud. Bular: maqsad, vosita, ob‟ekt, sub‟ekt. Avvalo, pedagogik faoliyat maqsadi o‟ziga hosligi bilan ajralib turadi. Bular quyidagilar:
1. O‟qituvchilik ishi maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya‟ni o‟qituvchi o‟z mehnati yakuniy natijalarini tanlashda erkin emas, uning hatti– harakatlari har tomonlama barkamol shahsni shakllantirishga qaratilgan bo‟lishi lozim. Pedagogik faoliyat avlodlar o‟rtasidagi ijtimoiy vorisiylikni amalga oshirish, yoshlarni mavjud ijtimoiy munosabatlar bilan bog‟liq insoniyat ijtimoiy tajribasini egalashdagi tabiiy imkoniyatlarini yuzaga chiqari uchun hizmat qiladi.
Ammo maqsaddan kelib chiqadigan muayyan vazifalarni sharoitga mos ravishda o‟qituvchining o‟zi belgilashi kerak. SHunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadi yakuniy natijasiga ko‟ra jamiyat tomonidan belgilanadigan aniq ijtimoiy buyurtma bo‟lib, uning vazifalari muayyan pedagogik vaziyatlarda turlicha belgilanadi. Ana shu holatning o‟ziyoq o‟qituvchidan ijodiy yondoshuvni, maqsadni ko‟ra olish, uni muayyan sharoit bilan taqqoslay olishni talab etadi.
2. O‟qituvchi faoliyati har doim boshqa faoliyat orqali boshqariladiga faoliyatdir. Bu o‟ziga hos meta–faoliyat bo‟lib, o‟quvchilarning faoliyatiga mos etib quriladi.
Jaloliddin Rumiyning ustoz sifatidagi faoliyati bilan bog‟liq yuqorida keltirilgan misol ustoz – murabbiyning jazavaga tushish, baqirish bilan emas, balki o‟zini tutish, og‟ir – vazmiylik, kamtarlik va samimiyat, qat‟iyat bilan bergan javobi, tolibning hatosini darhol tushunib etishi va qilmishidan qattiq hijolat bo‟lishiga va majlisni tashlab chiqib kelishgan sabab bo‟ladi. Ilm tolibining bu tutgan yo‟li uning yuksak darajasidagi ongliligini belgilamasada, shu hatti – harakatning o‟ziyoq pedagogik faoliyat maqsadiga tamon birgalikda qo‟yilgan qadamdir. Binobarin, pedagogik faoliyat maqsadining o‟ziga hosligi shundaki, u o‟qituvchining ham, o‟quvchining ham maqsadi bo‟lishi kerak. Meta-faoliyatning mohiyati ana shunda.
3. Boshqa kishi faoliyatni boshqarish shuning uchun ham murakkabki,

o‟qituvchining maqsadi tarbiyalanuvchining kelajagiga qaratilgan bo‟ladi. Bu maqsad o‟qituvchi uchun yaqin va tushunarlidir. U “Sen bilishing, bajara olishing va bajarishing kerak”, - deya talab qiladi. O‟quvchi esa bugungi kunning quvonchiyu tashvishlari bilan yashaydi, kelajak uning uchun juda yiroq. SH.A.Amonashvilli bu ziddiyatga “tarbiya fojiasining asosi” deb baho beradi. O‟qituvchi ayni zamonda yashab turib kelajakni barpo etadi. Bu juda murakkab vazifa .
Buni chuqur anglagan usta–pedagoglar har doim o‟z faoliyati logikasi o‟quvchi ehtiyojlariga tayanib quradilar. Masalan, SH.A.Amonashvilli o‟z faoliyat dasturini bola dasturiga yaqinlashtirishga intilgan. E.N.Ilina esa doimiy matnlardan foydalanib, sinfdagi vaziyatga ta‟sir o‟tkazishga harakat qiladi.
Demak, pedagogik faoliyat maqsadi o‟qituvchidan jamiyatning ijtimoiy topshirig‟iga nisbatan shahsan qabul qilish; muayyan hatti-haraktlarning maqsad va vazifasiga ijodiy yondoshish; o‟quvchi qiziqishlarini hisobga olish va uni o‟quv faoliyati maqsadi sifatida takomillashtira olishni talab etadi.
Pedagogik faoliyat ob‟ekti – bu inson, shakllanayotgan shahs ruhiy olamining nozik qirralari – aql, hisiyot, idora, ishonch, o‟z-o‟zini anglash demakdir. Pedagogik faoliyat bo‟ektining o‟ziga hosligi quyidagilarda namoyon bo‟ladi:
1. Inson tabiatining jonsiz bir bo‟lagi: emas, balki o‟zining takrorlanmas shahsiy hususiyatlariga ega bo‟lgan, atroflardagi voqea–hodisalariga nisbatan o‟z tushunchalari va munosabatiga ega bo‟lgan (jonli) aqlli mavjudot. U pedagogik jarayonning ishtirokchisi, uning o‟z maqsadi, motivlari, o‟iga hos hulq–atvori bor. Binobarin, pedagogik faoliyat ob‟ekti uning sub‟ekti hamdir. CHunki u pedagogik ta‟sirga nisbatan har hil munosabat bilidirishi mumkin. Zero, bu ta‟sirni u o‟z ichki dunyosi orqali qabul qiladi.
2. O‟qituvchi muntazam o‟zgarib, o‟sib borayotgan inson bilan ishlaydi. Unga nisbatan qolipga solingan, stereotip hatti–harakatlarni qo‟llab bo‟lmaydi. Bu juda murakkab jarayon bo‟lib, o‟qituvchidan doimiy izlanishni talab etadi.
3. O‟quvchiga faqat pedagoglargina emas, balki uni o‟rab turgan muhit ham

turli yo‟nalishlarda bevosita ta‟sir ko‟rsatadi. SHuning uchun pedagogik faoliyat shu ta‟sirlarni korrektsiyalashni, ya‟ni tarbiyalash, qayta tarbiyalash hamda shahsning o‟z–o‟zini tarbiyalashini tashkil etishni ham ko‟zda tutadi.


Umuman zamonaviy pedagogika hamkorlik pedagogikasi bo‟lib, u maktabdagi munosabatlarni erkinlashtirishga yo‟naltirilgan va o‟quvchini faollashtirishga, uni pedagogik jarayonning teng huquqli ishtirokchisiga aylantirishga harakat qiladi.

Yüklə 325,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin