Kirish Pedagogik faol



Yüklə 325,89 Kb.
səhifə3/9
tarix01.12.2022
ölçüsü325,89 Kb.
#71742
1   2   3   4   5   6   7   8   9
PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING TARBIYACHI FAOLIYATIDA TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI

Buning uchun: – yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishiga ko‟maklashish, o‟z-o‟zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o‟z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg‟otish;
– o‟quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma‟naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‟lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o‟stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish;
– har bir o‟smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish. Inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko‟rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‟llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash;
– insonparvarlik odobi me‟yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunadigan,

mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik), muomala odobi kabi tarbiya vositalari (nohaqlikka, yolg‟onchilik, tuhmat, chaqimchilikka toqatsizlik) keng qo‟lanishi lozim.
– vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o‟zaro munosabat-muloqotni o‟rganish, o‟z xalqiga, davlatiga, uning himoyasi uchun hamisha shay bo‟lib turish, O‟zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O‟zbekiston Konstitutsiyasiga, Bayrog‟iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash;
– qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas‟uliyat hislarini rivojlantirish, o‟zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, Insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoyilik, ekologik ta‟lim-tarbiya;
– mustaqil davlatimiz – O‟zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‟g‟ri va xolisona baho berishga o‟rgatish. Uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oshkora-ochiq tashqi siyosatiga va o‟z xalqining turmush darajasini oshirishga yo‟naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini to‟g‟ri tushuntirmoq kerak;
– turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondoshish fazilatlarini shakllantirish;
– sog‟lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo‟lish istagini shakllantirish;
– yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o‟rgatish. Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo’lishi lozim :
– tarbiya – tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o‟smir va yosh yigit-qizning betakror va o‟ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e‟tiborga olish;
– yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyg‟usini qaror toptirish;
– milliylikning o‟ziga xos an‟analari va vositalariga tayanish;

– shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o‟quvchilar o‟rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e‟tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo‟lish,


Amalda tarbiyaviy jarayon yaxlit va uzluksiz ishiga va turli yoshdagi, bolalarni qamrab olishga alohida ahamiyat berish lozim.
O‟smir yigit va qizlar nafaqat bo‟lg‟usi katta hayotga tayyorgarlik ko‟radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar.
Tarbiyaviy ishlarni olib borishda tarbiya va ta‟limning o‟rni. Tarbiya har bir insonning xayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarini ijobiy ko‟nikmasini o‟zgalarga berish jarayoni.
Bolaning xarakterini, oiladagi tarbiyasini, uning or-nomusini, sharm-hayosi kabi nozik tuyg‟ularining tarbiyalanganlik darajasini bilmay turib, birdaniga jamoa orasida uyaltirish, yaxshi o‟ylab ko‟rmaslik, yoki jaxl ustida tinimsiz kaltaklash mumkin emas. Sizning tanlagan jazo usulingiz o‟quvchini yoki farzandingizni qilgan xatosini tushunishga, boshqa qilmasligiga tarbiyaviy saboq bo‟lish kerak. Agar bu jazo usullari o‟zining samarasini bermasa, u holatda ehtiyotkorlik bilan maktab ma‟muriyati va jamoa hamkorligida boshqa choralarni ishlab chiqishi kerak.
Bugungi kunda pedagogika fani amaliyoti ham takomillashib bormoqda. SHuningdek, tarbiya jarayoni ham zamon talabiga monand takomillashib boradi.
Boshqaruv organlari barkamol avlodni o‟qitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishlari, yetilgan masalalarni o‟z vaqtida va ijobiy hal etishlari, barcha o‟quv yurtlarining ish saviyasi xozirgi zamon talablariga muvofiq oshirishlarini ta‟minlashlari kerak.
Ta‟lim oldiga qo‟yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish ta‟lim tizimini boshqarish va unga rahbarlik qilish faoliyatining saviyasiga bog‟liq. Kelajagi buyuk jamiyatning rivojlanish talablaridan kelib chiqib, maorifning o‟rni va roliga yangi avlodni tarbiyalash nuqtai nazaridan qarab, oliy majlis materiallarida,
prezidentimiz ma‟ruzalarida, maxsus qarorlarda rahbarlikning yuqori ilmiy

darajada amalga oshirish zarurligiga alohida e‟tibor berib kelmoqda.




Ta‟lim tizimiga ilmiy rahbarlik asoslarini ishlab chiqish pedagogika uchun asosiy yo‟nalishdir. Barkamol avlodni o‟qitish va tarbiyalash tajribalarini o‟rganish, umumlashtirish, bu jarayonning konuniyatlarini ochib berish, pedagogika nazariyasining asosiy masalalarini ta‟lim amaliyotiga va fan yutuqlarini nazarda tutgan holda, I.A. Karimov asarlari asosida ijodiy hal qilish pedagogikaning burchidir. I.A. Karimov o‟z asarlarida kelajagi buyuk O‟zbekiston Respublikasining organlarini tashkil etish va boshqarish va ularning rahbarlik faoliyatiga doir muhim printsiplarini har taraflama mufassal ishlab chiqdi. Ilmiy va pedagogikaviy amaliyoti bilan bog‟lanish tamoyili. Bu tamoyil xalq ta‟limi organlari va maktabning hamma ishini O‟zbekiston Respublikasi davlatining ko‟rsatmasi, fan va texnika yutuqlari hamda ijtimoiy taraqqiyotning ob‟ektiv qonuniyatlari asosida amalga oshirishni talab etdi. CHunki idora qilish uchun ishni bilish kerak. Hamma narsadan xabardor bo‟lmasdan turib, to‟la to‟kis bilimga ega bo‟lmasdan turib, idora qilish ilmini bilmasdan turib boshqarish mumkin emas. Xalq ta‟limi ishlarini maktab ishini kasb-hunar kollejlari ishini va unga rahbarlik qilishda qo‟zg‟algan maqsadlarga erishish uchun milliy mafkura, milliy goya, pedagogika tarixi, psixologiya, xususiy metodika, mantiq, etika-estetika kabi fanlar erishgan yutuqlarini muntazam o‟rganib borish, tahlil qilish hamda bu muvaffaqiyatlarni keng qo‟llanishi zarur.
Boshqaruv muassasalari barkamol avlodni o‟qitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini muttasil yetilgan masalalarni o‟z vaqtida va gokobiy hal etishlari, barcha o‟quv yurtlarining ish saviyasi hozirgi zamon talablariga muvofiq oshirish ishini ta‟minlashi kerak.
Ta‟lim tizimini boshqarishda markazlashgan rahbarlikni keng demokratiya bilan mustaqillik va tashabbuskorlikngi rivojlantirish bilan birga qo‟shib olib borish bilan birga o‟ziga xos xususiyatlari va shart sharoitlarini hisobga olish imkonini beradi.
Yuqoridan turib, bir xil andoza bichib berish demokratiya va markazlashgan

rahbarlikka butunlay yot narsadir.


Barcha tadbirlarda, mahalliy xususiyatlarda ishga qanday munosabatda bo‟lish usullarida, nazoratni amalga oshirish usullarida, har xil yo‟llarini qo‟llash asosiy, muhim bo‟lgan birliklarni buzmaydi, balki u birlikni ta‟minlaydi.


Ta‟limni rivojlantirish fondlari qonun xujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarni ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkin.
Xalq ta‟limi vazirligi Uzbekiston Respublikasida maorifga bevosita rahbarlik qiladi.
U barcha tipdagi maktablar, bog‟chalarga rahbarlik qiladi. Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim Vazirligi, barcha universitetlarga, kasb-hunar kollejlarga, litseylarga rahbarlik qiladi. Ular pedagogika jamoatchiligini xalq ta‟limi bo‟limlari va maktablariga yordam berishlariga jalb etadilar.
3. Guruh rahbarining tarbiyaviy ishlarni rivojlantirishga


Yüklə 325,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin