a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa;
v) og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(245-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-
son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
246-modda. Kontrabanda
Oldingi
tahrirga qarang.
Kontrabanda, ya’ni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud
bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib,
deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli ta’sir qiluvchi,
zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-yarog‘,
o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni yoki o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, shuningdek giyovandlik
vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni yoki diniy ekstremizm, separatizm va
aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan
o‘tkazish —
(246-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-
772-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son —
2022-yil 2 sentyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(246-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-
son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirg‘in qurolining boshqa turlarini, shunday qurollarni
yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo‘lgan material va moslamalarni, radioaktiv
materiallarni, shuningdek giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p
miqdorda kontrabanda qilish —
(246-moddaning ikkinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi
O‘RQ-503-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(246-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-
son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-
sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
17-bandi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: