tarkibidagi shaxs tomonidan tashlab ketilishi —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
290-modda. O‘zining biron a’zosini mayib qilish yo‘li bilan yoki boshqa usulda harbiy
xizmatdan bo‘yin tovlash
O‘zining biron a’zosini mayib qilish, ya’ni harbiy xizmatchining o‘z badaniga biron shikast
yetkazish yo‘li bilan, shuningdek, o‘zini yolg‘ondan kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki
boshqacha aldash yo‘li bilan harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan bo‘yin tovlashi yoki bu vazifalarni
bajarishdan bosh tortishi —
Oldingi
tahrirga qarang.
bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(290-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-
421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
O‘sha harakat jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
2.1
,
2.4 — 2.8-bandlari
.
Dostları ilə paylaş: