291-modda. Qorovul xizmatini o‘tash qoidalarini buzish Qorovul (soqchilik) xizmati ustav qoidalarini qorovul tarkibiga kirgan shaxs tomonidan zararli
oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, basharti, mazkur qorovul bunday oqibatlarning oldini
olish uchun tayinlangan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud bir
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(291-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ- 421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) O‘sha qilmish:
a) badanga og‘ir shikast yetkazilishiga;
b) odam o‘lishiga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 2.9 , 3.5-bandlari . 292-modda. Ichki xizmatni o‘tash yoki garnizonda patrullik qilish qoidalarini buzish Ichki xizmat ustavi qoidalarini, shuningdek, garnizonda patrullik qilish qoidalarini zararli
oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, tegishli xizmat bunday oqibatlarning oldini olish
uchun tayinlangan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(292-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 2.9 , 3.5-bandlari .