Oldingi
tahrirga qarang.
(sakkizinchi bo‘limning o‘ttiz oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi
O‘RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(sakkizinchi bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-109-sonli
Qonuni
asosida atama bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 377-modda)
Chet el valyutasi
—1) tegishli chet el davlatining muomalasida bo‘lgan va qonuniy to‘lov
vositasi hisoblangan, shuningdek, muomaladan chiqarilgan yoki
chiqarilayotgan, lekin
O‘zbekiston Respublikasining pul belgisi bilan
almashtirilishi lozim bo‘lgan banknot tarzidagi chet el pul belgisi;
2) chet el davlatlarining pul birliklarida va xalqaro hisob-kitob birliklaridagi
schyotlar va omonatlardagi mablag‘lar.
Chet el fuqarosi
—biron bir chet el davlat fuqarosining yuridik maqomiga ega bo‘lgan shaxs.
Yaqin qarindoshlar
—qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona,
tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu
jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-
xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari.
O‘zbekiston
Respublikasi
fuqarosi
—qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yuridik maqomiga
ega bo‘lgan shaxs.
O‘rtacha
kattalikdagi ekin
maydoni
—250 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ekin maydoni.
Qilmish
—harakat yoki harakatsizlik.
Dostları ilə paylaş: