Umumiy qoidalar


Ko‘p miqdor —bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor. Ko‘p miqdordagi



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə270/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

Ko‘p miqdor
—bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz
baravarigacha bo‘lgan miqdor.
Ko‘p miqdordagi
zarar
—bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz
baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar.
Ko‘pchilik uchun xavfli
usul
—o‘t qo‘yish, portlatish, suv bostirish va odamlar xalok bo‘lishi yoki ko‘p
miqdorda zarar yetkazish xavfini tug‘diradigan boshqa usullar.
Mansabdor shaxs
—doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki
saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat
organlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, mulk
shaklidan qat’i nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda
tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini amalga oshiradigan va
yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs,
xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni
amalga oshiruvchi shaxs.
Odamlardan
foydalanish
—boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanish yoki ulardan shahvoniy
foydalanishning boshqa shakllari, majburiy mehnat yoki xizmatlar, qullik
yoki qullikka o‘xshash odatlar, erksiz holat yoxud inson a’zolari yoki
to‘qimalarini ajratib olish.
Oldindan ayon
bo‘lish
—qonunda bayon etilgan xulq-atvor va shart-sharoitlarga munosabat va bu
munosabatning shaxs ulardan xabardorligidan dalolat berishi.
Oldindan til
biriktirish
—jinoyat ishtirokchilari o‘rtasida jinoyat sodir etish yoki jinoiy faoliyat bilan
shug‘ullanish to‘g‘risida bunday harakatlarni amalga oshirishdan avval
kelishib olish.


(sakkizinchi bo‘limning yigirma beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-
oktabrdagi O‘RQ-503-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y.,
03/18/503/2080-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(sakkizinchi bo‘limning yigirma yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-
dekabrdagi O‘RQ-658-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y.,
03/20/658/1670-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(sakkizinchi bo‘limning yigirma sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-
oktabrdagi O‘RQ-503-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y.,
03/18/503/2080-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(sakkizinchi bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli 
Qonuniga
asosan atama bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(sakkizinchi bo‘limning 28, 29, 30-xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi
405-II-sonli 
Qonuni
 bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(sakkizinchi bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli 
Qonuniga
asosan atama bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin