b) tinchlik va xavfsizlikka qarshi tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun, shuningdek quyidagilar
bilan:
javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish bilan;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo‘rlik
ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan;
o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda
qondirish bilan;
voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish,
reklama qilish, namoyish etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
hududiga olib kirish, xuddi
shuningdek uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan
shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish bilan;
voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo‘shmachilik qilish, fohishaxonalarni tashkil etish
yoki saqlash bilan;
yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in
qurolini, bunday qurol
yaratishda foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan materiallarni hamda uskunalarni,
radioaktiv
materiallarni kontrabanda qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar uchun jazolar tayinlashda
qo‘llanilmaydi.
(58-modda ikkinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo
tayinlanishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-
noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarori 4-bandining
birinchi xatboshisi
.
(58-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli
Qonuni
asosida ikkinchi
qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlashda sud har qaysi aybdorning
jinoyatda ishtirok etganlik xususiyati va darajasini hisobga oladi. Har qaysi ishtirokchining shaxsiga
tegishli bo‘lgan yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar sud tomonidan faqat shu
ishtirokchining o‘ziga jazo tayinlashda hisobga olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining
VII bobi
(“Jinoyatda ishtirokchilik”),
55
va
56-moddalari
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: