Umumiy qon tahlili — me’yor jadvali, o’zgarishlar sababi, xususiyatlari, ma’lumotlar Umumiy qon tahlili


Bolalar va kattalarda gemoglobinning me’yoriy(norma) miqdori



Yüklə 52,42 Kb.
səhifə3/9
tarix21.06.2023
ölçüsü52,42 Kb.
#133483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Umumiy qon tahlili — me’yor jadvali, o’zgarishlar sababi, xususi

Bolalar va kattalarda gemoglobinning me’yoriy(norma) miqdori

Yosh

2 haftalikkacha

2-4 haftaik

4-9 haftalik

9-haftalikdan 4 oylikkacha

4-6 oylik

6-9 oylik

9 oylikdan 1 yoshgacha

1-5 yosh

5-10 yosh

10-12 yosh

O’lchov birligi — gr/l

134 — 198

107 — 171

94 — 130

134 — 198

134 — 198

134 — 198

134 — 198

134 — 198

134 — 198

120 — 150




Yosh

12-15 yosh

15-18 yosh

18-45 yosh

45-65 yosh

65 yoshdan keyin

Ayollar

115 — 150

117 — 153

117 — 155

117 — 160

120 — 161

Erkaklar

120 — 160

117 — 166

132 — 173

131 — 172

126 – 174



Eritrositlar — kichik o’lchamli qizil qon tanachalari. Bular qonning eng ko’p miqdordagi hujayralari. Ularning asosiy vazifasi — kislorodni tashish va uni organlarga va to’qimalarga yetkazishdir. Eritrositlar ikki tomondan botiq disklar shaklidadir. Eritrosit ichida katta miqdorda gemoglobin bo’ladi — qizil diskning katta qismi ular tomonidan ishg’ol qilinadi.


Bolalarda va kattalarda eritrosit miqdorining me’yorlari(normalari)



Yosh

Ko’rsatkich х 1012/l

Yangi chaqaloq

3,9-5,5

1-3 kunlik

4,0-6,6

1 haftalik

3,9-6,3

2 haftalik

3,6-6,2

1 oylik

3,0-5,4

2 oylik

2,7-4,9

3-6 oylik

3,1-4,5

6 oylikdan 2 yoshgacha

3,7-5,3

2-6 yosh

3,9-5,3

6-12 yosh

4,0-5,2

12-18 yosh(o’gillar)

4,5-5,3

12-18 yosh(qizlar)

4,1-5,1

Katta erkaklar

4,0-5,0

Katta ayollar

3,5-4,7

Qizil qon hujayralarini kamayishi sabablari


  • Qizil qon hujayralari sonining kamayishi anemiya deb ataladi. Bu holatning rivojlanishi uchun juda ko’p sabablar bor va ular doimo ham qon hosil qilish tizimi bilan bog’liq emas.

  • Oziqlanishdagi xatolar (vitaminlar va proteinlarga kam ega bo’lgan oziq-ovqat)

  • Qon yo’qotish

  • Leykemiya (oq qon kasalligi)

  • Irsiy fermentopatiya (gemotopoezda ishtirok etadigan fermentlarning nuqsonlari)

  • Gemoliz (toksik moddalar va autoimmun kasalliklar ta’sir qilish oqibatida qon hujayralarining o’liырi)

Qizil qon hujayralari sonining ortishi sabablari


  • Organizm suvsizlanishi (qusish, diareya, haddan tashqari terlash, suyuqlikni kam ichish)

  • Eritremiya (gematopoetik tizim kasalliklari)

  • Nafas olish va yurak yetishmovchiligiga olib keladigan yurak-qon tomir yoki nafas olish tizimining kasalliklari

  • Buyrak arteriyasi stenozi



Leykotsitlar — qon oqimi bilan aylanib yuradigan tanamizning tirik hujayralari. Bu hujayralar immunitetni nazorat qiladi. Infektsiya, toksik yoki boshqa begona moddalar tanaga zarar yetkazsa, bu hujayralar zarar yetkazuvchi omillar bilan kurashadi va ularni yo’q qilishga harakat qiladi. Leykotsitlar shakllanishi qizil suyak iligida va limfa tugunlarida kechadi. Leykotsitlar bir nechta turlarga bo’linadi: neytrofillarbazofillareozinofillarmonotsitlarlimfotsitlar. Leykotsitlarning turfa turlari tashqi ko’rinishida bir-biridan farq qiladi va immun javob berish funktsiyalarini amalga oshiriladi.


Bolalarda va kattalarda leykotsitlar miqdorining normasi 

Yosh

1 yoshgacha

1-2 yosh

2-4 yosh

4-6 yosh

6-10 yosh

10-16 yosh

16 yoshdan keyin

Ko’rsatkich x109/l

6,0 — 17,5

6,0 — 17,0

5,5 — 15,5

5,0 — 14,5

4,5 — 13,5

4,5 — 13,0

4,0 — 9,0



Oq qon hujayralari (leykositlarning) ortishi sabablari


  • Leykotsitlar sonining fiziologik o’sishi

  • Ovqatdan so’ng

  • Faol jismoniy faoliyatdan keyin

  • Homiladorlikning ikkinchi yarmida

  • Emlashdan keyin

  • Hayz paytida

  • Yallig’lanish reaktsiyasi fonida

  • Yiringli yallig’lanish jarayonlari (abtsess, flegmona, bronxit, sinusit, gaymorit, appenditsit va boshqalar)

  • Yumshoq to’qimalarga shikast etkazadigan kuyish va shikastlanishlar

  • Operatsiyadan keyin

  • Revmatizmning kuchayishi paytida

  • Onkologik jarayonlarda

  • Leykemiya kasalligida

Leykotsit miqdorining pasayishi sabablari


  • Virusli va yuqumli kasalliklar (yuqumli kasalliklar, qorin tifi, virusli gepatit C, sepsis, qizamiq, bezgak, qizilcha, O’RVI, OITS)

  • Revmatik kasalliklar (revmatik artrit)

  • Ba’zi leykemiya turlari

  • Gipovitaminoz

  • Radiatsion kasallik



Gematokrit — eritrotsitlar tomonidan ishg’ol etilgan hajmning tahlil qilinayotgan qonga bo’lgan foiz nisbatidir. Bu ko’rsatkich foizda hisoblanadi. Umumiy qon tahlilining ajralmas qismi.
Bolalarda va kattalarda gematokrit ko’rsatkichining me’yori (normasi)

Gematokrit ko’rsatkichining oshishi sabablari


  • Eritremiya

  • Yurak yoki nafas yetishmovchiligi

  • Qattiq qusish, diareya, keng kuyish, diabet oqibatidagi organizm suvsizlanishi

Gematokrit ko’rsatkichining pasayishi sabablari


  • Anemiya

  • Buyrak yetishmovchiligi

  • Homiladorlikning ikkinchi yarmi



MCH, MCHC, MCV, rang ko’rsatkichi (RK) — norma


MCH– meancorpuscular hemoglobin. Ushbu indeks pikogrammalardagi (pg) bir eritrositda gemoglobinning mutlaq tarkibini aks ettiradi. MCH quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
MCH = gemoglobin (g / l) / eritrotsitlar soni = qiymat (pg)MCH normasi - 24 – 33 pg.


Rang ko’rsatkichi (RK) — eritrotsitlarda gemoglobin kontsentratsiyasini aniqlash uchun qo’llaniladigan klassik usul. Hozirgi vaqtda qon tekshiruvlarida RK asta-sekin MCH indeksiga almashtirilmoqda. Ushbu indekslar turli xil birliklarda ifodalanadi.
Rang ko’rsatkichi​ normasi - 0,9-1,1


MCHC– meancorpuscular hemoglobin concentration. Ushbu ko’rsatkich eritrositning gemoglobin bilan to’yinganligini aks ettiradi va foiz(%) bilan ifodalanadi. Ya’ni, bu indeksga ko’ra, bir eritrositda qancha foiz gemoglobin miqdori bor ekanligini aytish mumkin. MCHC quyidagi tarzda hisoblanadi:MCHC = (gemoglobin (g / l) / gematokrit (%) ) * 10 =qiymat (%)
МСНС normasi - 30 – 38%


MCV — meancorpuscular volume. Bu ko’rsatkich eritrotsitning o’rtacha hajmini mikron kub (mkm3) yoki femtolitrda (fl) aks ettiradi. MCV quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:MCV = gematokrit (%) * 10 / eritrotsitlar soni (T / l) = qiymat (mkm3(fl))
MCV normasi - 80-95 mkm3(fl)


Leykotsitar formula — qonda turli xil leykotsitlar sonining umumiy leykotsitlar soniga bo’lgan foiz nisbati. Infektsion, qon kasalliklarida, onkologik jarayonlarda turli xil leykotsitlar turlari nisbati o’zgaradi. Ushbu laboratoriya ko’rsatkichlari tufayli shifokor sog’liq muammolari sabablarni aniqlashi mumkin.


Leykotsitlarning turlari, norma

Neytrofillar

Segmentyadroviy formalar 47-72%




Tayoqchayadroviy formalar 1- 6%

Eozinofillar

0,5-5%

Bazofillar

0-1%

Monositlar

3-11%

Leykositlar

19-37%



Neytrofillar ikkita turda bo’lishi mumkin — yetilgan neytrofillar, ular segmentyadroviy deb ham nomlanadi va yetilmagan — tayoqchayadroviy deb ataladi. Odatda, tayoqchayadroviy neytrofillalarning soni minimal bo’ladi (umumiy sonning 1-3%).



Qonda neytrofillar darajasining ortishi — neytrofiliya deyiladi.Neytrofil sonining ortishi sabablari

  • Infektsion kasalliklar (angina, gaymorit, ichak infektsiyasi, bronxit, pnevmoniya)

  • Infektsion jarayonlar — abstsess, flegmona, gangrena, yumshoq to’qimalarning shikastlanishlari, osteomielit

  • Ichki organlarning yallig’lanish kasalliklari (pankreatit, peritonit, tiroidit, artrit)

  • Infarkt (miokard, buyrak, taloq infarkti)

  • Surunkali metabolik kasalliklar (qandli diabet, uremiya, eklampsiya

  • Saratonli o’smalar

  • Immunostimulyatsiya qiluvchi preparatlarni qo’llash, emlash

Neytrofillar miqdorining kamayishi neytropeniya deyiladiNeytrofil sonining kamayishi sabablari

  • Infektsion kasalliklar: qorin tifi, brutsellyoz, gripp, qizamiq, suvchechak, virusli gepatit, qizilcha

  • Qon kasalliklari (aplastik anemiya, o’tkir leykemiya)

  • Tug’ma neytropeniya

  • Tirotoksikoz — yuqori darajadagi tiroid gormonlari ishlab chiqarilishi

  • Kimyoterapiya natijalari

  • Radioterapiya natijalari

  • Antibakterial, yallig’lanishga qarshi, antivirus preparatlarni qo’llash




Yüklə 52,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin