Umumiy qon tahlili — me’yor jadvali, o’zgarishlar sababi, xususiyatlari, ma’lumotlar Umumiy qon tahlili


Leykotsitar formulaning chapga va o’ngga siljishi nima?



Yüklə 52,42 Kb.
səhifə4/9
tarix21.06.2023
ölçüsü52,42 Kb.
#133483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Umumiy qon tahlili — me’yor jadvali, o’zgarishlar sababi, xususi

Leykotsitar formulaning chapga va o’ngga siljishi nima?


Leykotsitlar formulaning chapga siljishi — bu qonda yosh, yetilmagan neytrofillar paydo bo’lishidir. Odatda bunday neytrofillar faqat suyak iligida mavjud bo’ladi. Bunday hodisa yuqumli kasalliklar va yallig’lanish jarayonlari (masalan, angina, bezgak, appenditsit), shuningdek, o’tkir qon yo’qotish, difteriya, pnevmoniya, qizilcha, toshmali tif, sepsis, zaharlanish kabi hollarda kuzatiladi.Leykotsitlar formulaning o’ngga siljishi — bu qonda «qari» (segmentyadroviy) neytrofillar sonining oshishi degani. «Eski» neytrofil yadrolar besh segmentdan ko’proq bo’ladi. Bunday surat radiatsion chiqindilar bilan ifloslangan hududlarda yashovchi sog’lom odamlarda ko’p uchraydi. Surunkali o’pka kasalligi bo’lgan yoki obstruktiv bronxit bilan og’rigan bemorlarda, foliy kislotasi yetishmovchiligi, B12 yetishmaydigan insonlarda ham uchrashi mumkin.


Eozinofillar — bu toksik moddalarni, parazitlarni tozalash bilan shug’ullanadigan leykotsitlarning bir turi, saraton hujayralariga qarshi kurashda ishtirok etadi. Ushbu turdagi leykotsitlar gumoral immunitetni shakllantirishda ishtirok etadi (antitanalar bilan bog’liq immunitet)

Qonda eozinofillerining oshishi sabablari


  • Allergiya (bronxial astma, oziq-ovqatga allergiya, pollinoz, atopik dermatit, allergik rinit, preparatlarga allergiya)

  • Parazitar kasalliklar — ichak parazitlari (lyamblyoz, askaridoz, enterobioz, opistorxoz, exinokokkoz)

  • Infektsion kasalliklar (sil, mononukleoz, vena kasalliklari)

  • Saratonli o’smalar

  • Gematopoez tizimi kasalliklari (leykemiya, limfoma, limfogranulematoz)

  • Revmatik kasalliklar (revmatoid artrit

Qonda eozinofillarning kamayishi sabablari


  • Og’ir metallar bilan zaharlanish

  • Yiringli jarayonlar, sepsis

  • Yallig’lanish jarayonining boshlanishi

Monotsitlar — tananing eng katta o’lchamli immunitet hujayralaridir. Ushbu oq qon hujayralari begona moddalarni tanib olish va boshqa leykotsitlarni ularni tanib olishni o’rgatish bilan shug’ullanadi. Ular qondan tananing to’qimalariga ko’chib o’tishlari mumkin. Qon oqimidan tashqarida, monositlar o’z shakllarini o’zgartiradi va makrofaglarga aylanadi. Makrofaglar yallig’langan to’qimalarni o’lik hujayralardan, leykotsitlardan, bakteriyalardan tozalashda ishtirok etish uchun yallig’lanish markaziga to’planadi. Makrofaglarning bu ishi tufayli shikastlangan to’qimalarning tiklanishi uchun sharoit yaratiladi.



Yüklə 52,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin