Leykotsitar formulaning chapga va o’ngga siljishi nima?
Leykotsitlar formulaning chapga siljishi — buqonda yosh, yetilmagan neytrofillar paydo bo’lishidir. Odatda bunday neytrofillar faqat suyak iligida mavjud bo’ladi. Bunday hodisa yuqumli kasalliklar va yallig’lanish jarayonlari (masalan, angina, bezgak, appenditsit), shuningdek, o’tkir qon yo’qotish, difteriya, pnevmoniya, qizilcha, toshmali tif, sepsis, zaharlanish kabi hollarda kuzatiladi.Leykotsitlar formulaning o’ngga siljishi — bu qonda «qari» (segmentyadroviy) neytrofillar sonining oshishi degani. «Eski» neytrofil yadrolar besh segmentdan ko’proq bo’ladi. Bunday surat radiatsion chiqindilar bilan ifloslangan hududlarda yashovchi sog’lom odamlarda ko’p uchraydi. Surunkali o’pka kasalligi bo’lgan yoki obstruktiv bronxit bilan og’rigan bemorlarda, foliy kislotasi yetishmovchiligi, B12 yetishmaydigan insonlarda ham uchrashi mumkin.
Eozinofillar — bu toksik moddalarni, parazitlarni tozalash bilan shug’ullanadigan leykotsitlarning bir turi, saraton hujayralariga qarshi kurashda ishtirok etadi. Ushbu turdagi leykotsitlar gumoral immunitetni shakllantirishda ishtirok etadi (antitanalar bilan bog’liq immunitet)
Monotsitlar — tananing eng katta o’lchamli immunitet hujayralaridir. Ushbu oq qon hujayralari begona moddalarni tanib olish va boshqa leykotsitlarni ularni tanib olishni o’rgatish bilan shug’ullanadi. Ular qondan tananing to’qimalariga ko’chib o’tishlari mumkin. Qon oqimidan tashqarida, monositlar o’z shakllarini o’zgartiradi va makrofaglarga aylanadi. Makrofaglar yallig’langan to’qimalarni o’lik hujayralardan, leykotsitlardan, bakteriyalardan tozalashda ishtirok etish uchun yallig’lanish markaziga to’planadi. Makrofaglarning bu ishi tufayli shikastlangan to’qimalarning tiklanishi uchun sharoit yaratiladi.