2.8 Loyihaning ekspluatatsiyasi “First National Operation and Maintenance CO. Ltd.” (NOMAC_O&M Company)
kompaniyasi uchun ekspluatatsiya ishchi kuchi taxminan 40 kishinidan iborat bo’lishi
kutilmoqda. Ishchilar o'zlarining shaxsiy turar joylarini tashkil qilish maqsadida katta
ehtimolga ko'ra Shirin shahar yoki Boyovut tumanida joylashadilar.
2.9 Loyiha bosqichari PPA (Loyihani Amalga Oshirish Jadvali)ning C ilovasi va ACWA Power tomonidan taqdim
etilgan tafsilotlarga asoslanib, loyiha uchun quyidagi vaqt jadvali mavjud.
Jadval 2-2 Asosiy Loyiha bosqichi/Sana Bosqichlar Sana Jarayonni boshlash uchun cheklangan xabarnoma
Oktabr 2020
Ishni davom ettirish uchun xabarnoma
Oktabr/Noyabr 2020
PPA (C ilova) dan 1-energiya blokining rejalashtirilgan tijorat maqsadlarida
foydalanish muddati (GT ochiq aylanish jarayoni uchun)
Moliyaviy yopilishdan [25 – 28]*
oydan keyin
2-energiya blokining rejalashtirilgan tijorat maqsadlarida
foydalanish muddati (GT ochiq aylanish jarayoni uchun)
Moliyaviy yopilishdan [29 - 32]*
oydan keyin
Loyihaning tijorat foydalanish rejalashtirilgan sana
(Birlashgan Sikl uchun)
Moliyaviy yopilishdan 36 oydan
keyin
*
gaz turbinasi ishlab chiqaruvchisini tanlash va moliyaviy yopilish sanasiga qarab amalga oshiriladi.
Umumiy quvvati 1500 MVt bo’lgan ACWA Power Sirdaryo bug’-gaz qurilmali Mustaqil Elektr Stantsiyasi
1-Jild – Notexnik Hisobot
3. MANFAATDOR TOMONLAR BILAN MASLAHATLASHUVLAR ACWA Power bug'-gaz qurilmasi Loyihasi bo'yicha manfaatdor tomonlarni aniqlash va
maslahatlashuvlar tahliliy o'rganish va ekologik va ijtimoiy ta'sirni baholash bosqichida
o'tkazildi. Turmush darajasini tiklash bilan bog'liq alohida konsultatsiyalar ham turmush
darajasini tiklashni rejalashtirish jarayonining bir qismi sifatida amalga oshirilmoqda.
Manfaatdor tomonlarni aniqlash jarayonida ta'sir va qiziqishlarga asoslangan, hamda
qarorlar qabul qiladigan manfaatdor tomonlar aniqlandi.
Hozirda davom etayotgan manfaatdor tomonlarni jalb qilish jarayonida qo'llanilayotgan
usullar milliy, mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari bilan ikki tomonlama
uchrashuvlar, elektron pochta, telefon qo'ng'iroqlari va xatlarni o'z ichiga qamrab oladi.
Biroq, bu jarayonlarni amalga oshirishda hozirgi COVID-19 pandemiyasi to'sqinlik qildi.
Bundan tashqari, 2020-yilning 28-mayidan 5-iyunigacha bo'lgan davrda jamoatchilik
bilan quyida ko'rsatilgan maslahatlashuv va uchrashuvlar o'tkazildi:
•
Boyovut tumani
-
2020-yil 28-may: ushbu yig'ilishda Sarmich jamoasidan 12 kishi va 6 nafar
fermer ishtirok etdi.
•
Shirin shahri
-
2020-yil 28-may: mazkur yig'ilishda 15 nafar ishtirokchi, jumladan, 7 nafar
shahar Kengashi deputatlari ishtirok etdi.
-
2020-yil 5-iyun: ushbu yig'ilishda 30 nafar ishtirokchilari ishtirok etdi va u
yoshlar, ishsiz va kam ta'minlangan oilalarga qaratilgan edi.
COVID-19 pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan jamoat yig'ilishlarining cheklovlari
natijasida Shirin va Boyovut ma'muriyatlari bilan hamkorlikda Juru Energy va 5 Capitals
maxsus tayyorlangan Loyiha risolalarini 2020-yil 5-avgust kuni Loyiha hududidagi mahalliy
jamoalarga tarqatishdi. Risolalarda Loyiha, kutilayotgan ijobiy natijalar, shuningdek,
qurilish va ishlash jarayonidagi salbiy oqibatlar, shu jumladan, shikoyatlarni ko'rib chiqish
mexanizmining qoidalari haqida ma'lumot berildi.
2020-yilning 2-iyul kuni Juru Energy kompaniyasiga Boyovutdagi Sarmich va Julangar
jamoalaridan sakkiz (8) ayol ishtirokida Zoom videokonferensaloqa tashkil etish taklif
qilindi. Videokonferens aloqa Boyovut tumani Investitsiya Bo'limi Boshlig'i tomonidan
tashkil etildi.
Quyidagi jadvalda bugungi kunga qadar o'tkazilgan konsultatsiya xulosasi keltirilgan.
Umumiy quvvati 1500 MVt bo’lgan ACWA Power Sirdaryo bug’-gaz qurilmali Mustaqil Elektr Stantsiyasi
1-Jild – Notexnik Hisobot