1.3. “Turkiston-umumiy uyimiz”
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov o’zbek, qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq,
tojik, turkman va mintaqada yashovchi barcha xalqlar o’rtasidagi qadimiy do’stlik
aloqalarini yangi sharoitda mustahkamlashni nazarda tutib «Turkiston - umumiy
uyimiz» degan g’oyani ilgari surdi. Mintaqa jamoatchilik vakillarini, birinchi
navbatda, ijodkor ziyolilar - yozuvchilar, tarixchilar va boshqalarning e’tiborini
Turkiston tuyg’usini- tarixiy birlik tuyg’usini qaytadan tiklashga qaratdi.
Mintaqa ziyolilari, Turkiston zaminida yashovchi barcha xalqlarni
yaqinlashtirish maqsadida yurgan sog’lom kuchlar bu g’oyani qo’llab-
quvvatladilar. «Turkiston - umumiy uyimiz» deb nom olgan jamoatchilik harakati
tashkil topdi.
1995 yil 21 noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo ziyolilari ishtirokida
«Qardosh xalqlar uchrashuvi» mavzusida xalqaro qurultoy bo’lib o’tdi. Qurultoyda
«Turkiston - umumiy uyimiz» harakatini birinchilardan bo’lib qo’llab-quvvatlagan
16
mashhur qirg’iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov ma’ruza qildi. Ma’ruzachi va so’zga
chiqqan qardosh xalqlar vakillari mintaqada yashab o’tgan ajdodlarimiz ruhi bilan
olis istiqbodda tug’ilajak avlodlar bog’liqligi, mintaqa yaxlitligi, yagona Turkiston
tuyg’usining muqaddasligi haqida so’zladilar. Qurultoyda «Turkiston xalqlari
madaniyati Assambleyasi» tashkil etildi. Chingiz Aytmatov Assambleya
Prezidenti,
Odil
Yoqubov
Assambleya
vitse-prezidenta
etib
saylandi.
Assambleyaning qarorgoxi Toshkent shahrida bo’lib, Bishkek va Almatida uning
bo’limlari tashkil etildi.
«Turkiston — umumiy uyimiz» g’oyasini to’g’ri tushunish lozim. Uning
zamirida Markaziy Osiyo mamlakatlarini birlashtirish yoki ular tepasida turuvchi
yangi bir tizimni yaratish kabi maqsadlar qo’yilayotgani yo’q. «Turkiston -
umumiy uyimiz» deganda barcha turkiy davlatlar hamda turkiy xalqlar nazarda
tutilayotgani ham yo’q. Gap Turkiston deb nomlangan siyosiy-geografik hudud
ustida, hududdagi mamlakatlarning o’zaro birligini mustahkamlash, ularning
xalqlarini yaqinlashtirish haqida bormoqda. Markaziy Osiyo davlatlarining har biri
o’z doirasida, o’z taraqqiyot yo’lidan rivojlanib boraveradi.
Turkiston xalqlari madaniyati Assambleyasi tashabbusi bilan Markaziy
Osiyo mamlakatlari madaniyat, san’at, adabiyot va fan namoyandalari o’rtasida
aloqalarni chuqurlashtirish, xalqlarni bir-biriga yanada yaqinlashtirish tadbirlari
ko’rilmoqda.
1997 yilda Bishkekda «Mustaqillik vaziyatida ma’naviyat masalasi»
mavzusida simpozium bo’lib o’tdi. Simpoziumda qardosh xalqlar ma’naviyatining
yangi sharoitdagi holati va rivojlantirish muammolari haqida qimmatli fikrlar
bildirildi
5
.
1997 yil aprel oyida Toshkentda taniqli qozoq adibi Muxtor Avezovning
ijodiga bag’ishlangan «Muxtor Avezov va o’zbek adabiyoti» mavzusida ilmiy
konferensiya bo’ldi. Usha yili may oyida «Mustaqillik - baxtimiz, toleimiz,
kamolimiz» mavzusida mushoira, «Markaziy Osiyo mustaqil davlatlari xalqlari
she’riyatining buguni va ertasi» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
5
Ibrohimov A, Sultonov X, Jo’rayev N. Vatan tuyg’usi. T., ―O’zbekiston‖, 1996, 298-bet.
17
1997 yil oktyabrda Assambleya Almatida «Muxtor Avezov va jahon
adabiyoti» mavzusida uning 100 yilligiga bag’ishlangan xalqaro konferensiya
o’tkazdi.
1997 yil oktyabrь oyidan boshlab Assambleya tashabbusi bilan 8 sahifalik
«Markaziy Osiyo madaniyati» nomli haftalik gazeta o’zbek, qozoq, qirg’iz, tojik,
rus tillarida chiqmoqda. Bu tadbirlar mintaqa xalqlari o’rtasidai azaliy do’stlik
aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishga ko’maklashmoqda.
Inson tabiati murakkab, ruhi hamda hissiy ta’sir darajasi o’ta nozik va ayni
paytda juda sezgirdir. Donishmandlarning fikricha, ruh tuyg’ular bilan fikrlar
ta’sirida paydo bo’lib shakllanarmish. Tashqi hodisalar, voqelik nechog’lik aniq va
chuqur idrok etilsa, tuyg’ularga ta’sir shunchalik kuchli bo’lar ekan. Natijada ana
shu taassurotlar qurshovida ruh, fe’l-atvor, borliqda o’ziga xos munosabat, olamni
anglash qobiliyati shakllanadi.
Aflotunning fikriga ko’ra, ruh eng ezgu olam bo’lgani uchun inson avvalo
o’z ruhini kamol toptirishi zarur. Zero, ruhning sog’lomligi – aql-idrok
butunligidir, ruhning pokizaligi - hissiyot pokizaligi, tuyg’ular musaffoligidir.
Qalbida shunday fazilat mavjud odamda Vatan, xalq, millat tushunchalari oliy
haqiqat darajasiga ko’tariladi. Biz qanchalik ruhan tozalikka erishsak, fikrimiz
shunchalik toza, xayollarimiz ravshan, orzu-umidlarimiz yorqin bo’ladi. Atoqli
turk olimi Ziyo Go’kalp: "Fikrlari hislariga tamomila muvofiq bo’lmagan har bir
odam ruhan xastadir. Bunday odam hayotda baxtli bo’la olmaydi. Masalan,
hissiyotiga ko’ra kuchli dindor bo’lgan kishi o’zini fikran dinsiz deb tushuna
boshlasa, ruhi qandaydir bir muvozanat, osoyishtalik holatida bo’ladimi?
Shubhasiz yo’q!"- deydi.
Yaqin o’tmishimizga bir nazar solaylik. Bir necha ming yilliklar mobaynida
joni joniga, qoni qoniga payvand bo’lib ketgan Turkiston xalqlari sobiq SSSR
davrida turli millatlarga ajratib tashlandi. Qog’ozdagina suveren, aslida esa
Markazga qaram sovet respublikalari barpo etildi. Bu soxta siyosat tufayli
an’analari, turmush tarzlari, ruhiy va ma’naviy qadriyatlari bir bo’lgan xalqlar
o’zbegu qozoqda, tojigu qirg’iz, turkmanga bo’lib yuborildi.
18
Albatta, mazkur xalqlar o’tgan 70 yildan ko’proq vaqt mobaynida millat
sifatida shakalandi. Ularning o’z tili, madaniyati bor. Endi ularni butunlay
birlashtirib yuborish milliy qadriyatlarini toptash bilan barobar. Biroq, masalaniig
boshqa tomoni ham bor. Ya’ni, yagona Turkiston zaminida sobiq SSSR tarqalgach
vujudga kelgan mustaqil davlatlar o’z tarixiy kelib chiqishlari, xalqlarining boy
o’tmishi, ma’naviy va ruhiy ehtiyojlari nuqtai nazaridan o’zaro yaqinlashishga
hayotiy zarurat sezishlari tabiiy holdir.
Turkiston xalqlari ruhiyati asrlar mobaynida bir-biriga tutashib, ma’naviy,
diniy va axloqiy munosabatlari uyg’unlashib ketgan, yashash tarzlari va urf-
odatlari mushtarak bo’lib, yagona ulkan va jonli vujudga aylangan edi. Shuning
natijasida qondoshu jondoshlik, bir butunlik an’analari tarkib topgan. Kishilik
tarixida bunday ma’naviy, ruhiy va fikriy yaqinlik bu diyorda hamisha hamma
narsadan ustun kelgan. Shuning uchun ham Mavlono Rudakiy:‖ Dunyoning
shodligi yig’ilsa butun, Do’stlar diydoridan bo’lol mas ustun", deb bejiz
aytmagan.
Mustaqillik sharoitida bizning millat, millatlararo munosabatlar, milliy
madaniyat, yaqin qardosh xalqlarning madaniy merosi, etnik muammolari,
jug’rofiy va iqtisodiy birligi haqidagi tasavvurlarimiz o’zgarmoqda. Yangi tarixiy
sharoitlarda vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar Turkiston mamlakatlari
xalqlari tarixi, ularning kelib chiqishi, o’ziga xos turmush tarzlari va yaqin
qo’shnichilik munosabatlariga har qachongidan boshqacharoq qarashni taqozo
etmoqda. Zero, etnik jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan, tarixan bir muhitda yashab,
o’tmish madaniyati bir zaminda vujudga kelgan, biroq, ayni paytda mustaqil davlat
bo’lib yashayotgan mamlakatlar o’z tarixiy ildizlarini qidirib topishini, o’zaro
hamkorlik munosabatlarini qaytadan tiklashini hayotning o’zi zarurat darajasiga
ko’tarmoqda.
Qolaversa, hozirgi rivojlangan mamlakatlarda davlatlararo mintaqaviy
hamkorlik siyosiy va iqtisodiy mazmundan birmuncha boshqacharoq - ma’naviy
mazmun kasb etmoqda. Bu hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasning eng ilg’or
yo’nalishlaridan biri sifatida tan olinmoqda. Qardosh xalqlar va qo’shni
19
mamlakatlar umumiy xonadonini tashkil etish, yagona zamin, yagona makonni
qaror toptirish, belgilashning ma’naviy poydevori - bu olis o’tmish
mushtarakligini, shu asosda shakllangan urf-odatlar, an’analar va turmush tarzini
chuqur o’rganishdir. "Turkiston - umumiy uyimiz" shiorining mazmuni, mintaqa-
viy barqarorlikni ta’minlashdagi mohiyati ana shunda
6
.
Markaziy Osiyo hamdo’stligi mamlakatlari jahonning boshqa ittifoqdosh va
mintaqaviy hamkorlik mamlakatlaridan farqli o’laroq ma’naviy va madaniy
hamkorlikka ko’proq asoslanadi. Chunki bu hududda asrlar mobaynida
ma’naviyat, axloq, ta’lim-tarbiya va madaniyat uyg’un holda turmush tarziga
aylangan. Axloq har qanday sharoitda ham insoniylik va insoniy barkamollikning
bosh prinsipi sifatida tan olingan. Qolgan barcha harakatlar va mezonlar, jumladan,
iqtisodiy hamkorlik, o’zaro yordam, bozor munosabatlari, savdo-sotiq, mol
ayirboshlash ham qadimdan yuksak axloq va odobga tayangan madaniy
munosabatlarning bir qismi hisoblangan. Bu ming yillar mobaynida shakllanib,
jahon sivilizatsiyasiga katta ta’sir ko’rsatgan ulug’ allomalar hayoti va ijodida,
ularning insoniyat tarixida burilish yasagan asarlarida ham o’ziga xos tarzda
ifodasini topgan. Shu bois Sharq allomalari dunyoviy fanlarning qaysi sohasida
ijod qilishmasin, axloq kategoriyasiga qattiq suyanishgan, unga katta e’tibor bilan
qarab, qomusiy xulosalari bilan boyitib borishgan.
Ma’lumki, sivilizatsiya dunyoning turli mintaqalarida turlicha yuz berib,
muayyan hududlar aholisi dunyoqarashi va turmush tarziga chuqur o’rnashgan.
Sivilizatsiya, jumladan, Yunonistonda nafosat, Hindistonda din, Ovrupada
moddiy-texnika taraqqiyoti, Turkistonda esa axloq shaklida vujudga kelgan.
Natijada yunonlar ongi va dunyoqarashida go’zallikka intilish, san’at va
madaniyatga ehtiyoj katta bo’lgan. Hindistonda turli din va mazhablar ko’payib,
aqidalar va taqvodorlik tuyg’ulari ham har xil bo’lgan. Xalqlar ruhiyati va turmush
tarziga singib ketgan bunday hodisalar hozir ham davom etmoqda.
6
Ibrohimov A, Sultonov X, Jo’rayev N. Vatan tuyg’usi. T., ―O’zbekiston‖, 1996, 299-bet.
|