I-bob. O’zbekistonning milliy davlat boshqaruvining tashkil etilishi
1.1.O`rta Osiyo Respublikalari o`rtasida ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning yo`lga
qo`yilishi
Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlar o’rtasida ko’p tomonlama hamkorlik
bilan birga ular o’rtasida ikki tomonlama aloqalar ham yo’lga qo’yildi.
O’zbekistonning Qozog’iston bilan ikki tomonlama munosabatlari 1992 yil
24 iyunda Turkiston shahrida O’zbekiston Prezidentining Qozog’istonga rasmiy
davlat tashrifi paytida N.Nazarboyev bilan I.Karimov tomonidan imzolangan
«O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasida do’stlik va
hamkorlik to’g’risidagi shartnoma» asosida mustahkamlanib bormoqda. 1993 yil
10 noyabrda I.Karimov Almatiga safar qildi. O’zbekiston va Qozog’iston
Prezidentlari ikki mamlakat integratsiyasiga oid aloqalar masalasini, iqtisodiy
siyosatini muhokama qilishdi. O’zaro sarmoyalarni amalga oshirish yo’llari va
1
A. Ibrohimov, X.Sultonov, N. Jo`rayev. Vatan tuyg`usi. T. ―O`zbekiston‖, 1996, 302-bet.
5
usullari, qo’shma korxonalar, yuksak texnologiyalar yaratish haqida gaplashib
olishdi
2
.
Tomonlar pul tizimiga doir masalani muhokama qilib, ikkala tomon bir
vaqtda milliy valyutani joriy etish haqida axdlashdilar. Ikkala mamlakat pul
tizimini birgalikda mustahkamlashning prinsipial masalalari bo’yicha kelishib
olishdi. Aholining ikkala mamlakat pullarini erkin almashtirish uchun pul
almashuv tarmoqlarini vujudga keltirishga e’tibor qilish zarurligini ta’kidladilar,
hukumatlarga va banklarga banklararo hisob-kitoblar, erkin savdo, bojxona
bo’yicha amaliy choralar ko’rish to’g’risida ko’rsatma berildi. Ikki davlat o’rtasida
savdo-sotiq, iqtisodiy hamkorlik to’g’risida bitimlar to’zildi. O’zbekiston va
Qozog’iston o’rtasida iqtisodiy integratsiyaga oid aloqalar, o’zaro sarmoyalar
almashish, qo’shma korxonalar va yuksak texnologiyalar yaratish ishlari yo’lga
qo’yildi.
Qozog’istoy Prezidenti N.Nazarboyev 1994 yil 10-12 yanvarda rasmiy
davlat tashrifi bilan O’zbekistonda bo’ldi. Ikki Prezident O’zbekiston bilan
Qozog’iston o’rtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarining erkin
o’tib turishini nazarda tutuvchi hamda o’zaro kelishilgan kredit-hisob-kitob,
byudjet, soliq, narx, boj va valyuta siyosatini ta’minlovchi shartnomani
imzoladilar.
O’zbekiston va Qozog’iston chegaralari orqali kirishda va chiqishda ikkala
mamlakat fuqarolarining yuklarini bojxona tekshiruvidan o’tkazishni bekor qilish
to’g’risida qaror qabul qilindi.
O’zbekiston Milliy banki bilan Qozog’iston Milliy banki Toshkent shahrida
«O’zbekiston-Qozog’iston» hamda Almati Shahrida «Qozog’iston-O’zbekiston»
kliring palatalarini, shaharlarda uning filiallarini, valyuta almashtirish punktlarini
ochish to’g’risida ikki mamlakat hukumatlari va banklari o’rtasida bitimlar
imzolandi. O’zbekiston bilan Qozog’iston o’rtasidagi hamkorlik tobora kengayib,
chuqurlashib bormoqda.
2
Jo’rayev N, Fayzullayev T, Usmrnrv Q. O’zbekiston tarixi. 11-sinf.T., ―Sharq‖, 1998, 330-bet.
6
O’zbekistonning
Qirg’iziston
bilan
ikki
tomonlama
hamkorligi
«O’zbekiston Respublikasi bilan Qirg’iziston Respublikasi o’rtasida do’stlik,
hamkorlik va o’zaro yordam haqida shartnoma» asosida yo’lga qo’yildi va
rivojlantirilmoqda. Bu shartnoma Qirg’iziston Prezidenti Askar Akayevning
O’zbekistonga rasmiy davlat tashrifi paytida Toshkentda 1992 yil 29 sentyabrda
I.Karimov va A.Akayev tomonidan imzolangan edi.
I.Karimovning 1993 yil avgustda Qirg’izistonga qilgan rasmiy davlat tashrifi
paytida O’sh shahrida O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasida 1994-2000 yillarga
mo’ljallangan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish to’g’risida Bayonotnoma
imzolandi. Bu hujjat ikkala respublikada ishlab chiqilgan milliy dasturlarni
muvofiqlashtirishga, xom ashyo va ishchi kuchidan, ilmiy salohiyotdan unumli
foydalanishga qaratilgan. Ikki davlat o’rtasida iqtisodiyot, savdo, madaniyat,
sog’liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm bo’yicha hamkorlikni
mustahkamlash haqida bitimlar imzolangan.
1994 yil 16 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Qirg’izistonda bo’ldi. Rasmiy tashrif yakunida ikki davlat Prezidentlari tovarlar,
xizmatlar, sarmoya, ishchi kuchlarining erkin yurishini, o’zaro kelishilgan hisob-
kitob, sarmoya, byudjet, soliq, narx, bojxona va valyuta siyosatini belgilovchi
shartnomani imzoladilar.
O’zbekiston va Qirg’izistonning iqtisodiy imkoniyatlarini uyg’unlashtirish
haqida qaror qabul qilindi. Bu qarorga binoan fuqarolarning chegaralardan
o’tayotganida yuklarini bojxona tekshiruvidan o’tkazish bekor qilindi, soliqlar,
tulovlar va boshqa turdagi cheklashlar kamaytirildi.
Ikki mamlakat banklari kliring palatalari, ularning filiallari, valyuta
almashtirish punktlarini ochishga kelishib olishdi.
O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasida 1994 yil uchun savdo-iqtisodiy
hamkorlik, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm bo’yicha
hamkorlikni yanada mustahkamlash xaqida bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar
asosida ikki mamlakat o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivojlanib bormoqda.
7
1991 yilda bo’lib o’tgan O’zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari
uchrashuvida «O’zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Respublikasi
o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnoma» imzolandi. Bu shartnoma
ikki davlat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarga negiz bo’lib xizmat
qilmoqda
3
.
I.Karimovning 1993 yil 14-15 aprelь kunlari Turkmanistonga rasmiy safari
ikki davlat o’rtasidagi aloqalarning yanada kengayishiga xizmat qilmoqda. Ana
shu safar chog’ida tomonlar neft va tabiiy gaz qazib olish, qayta ishlash va tashish,
buning uchun zarur korxona va inshootlarni qurish hamda ishga tushirish, bu
sohadagi loyihalarni birgalikda pul bilan ta’minlash masalalarini muhokama
qildilar. Tomonlar jahon talablariga mos avtomobilь va temir yo’llar qurish
sohasida zarur chora-tadbirlar qurish haqida kelishib olishdi. Suv boyliklaridan
foydalanish, ekologiya, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari
muhokama etildi.
O’zbekiston Prezidenti I.Karimov 1996 yil 16 yanvar kuni amaliy tashrif
bilan Turkmanistonda bo’ldi. Chorjuy shahrida S.Niyozov bilan I.Karimov
o’rtasida va ikki mamlakat delegatsiyalari o’rtasida muzokaralar bo’ldi.
Prezidentlar O’zbekiston bilan Turkmaniston o’rtasida do’stlik, hamkorlik va
o’zaro yordam to’g’risidagi shartnomani, O’zbekiston bilan Turkmaniston
o’rtasida davlat chegarasini qo’riqlashda hamkorlik qilish to’g’risidagi va suv
xo’jaligi masalalari bo’yicha bitimlarni imzoladilar.
Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida esa sarmoyalarni rag’batlantirish va
o’zaro himoyalash, havo yo’li, bojxona ishlarida hamkorlik va o’zaro yordam,
uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari, daromad va
mulkdan ikki yoqlama soliq olmaslik, madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash,
sayyoxlik va boshqa sohalarda hamkorlik qilish to’g’risidagi 20 dan ziyod bitimlar
imzolandi.
Qabul qilingan shartnoma va bitimlar O’zbekiston va Turkmaniston
o’rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko’tardi.
3
Jo’rayev N, Fayzullayev T, Usmrnrv Q. O’zbekiston tarixi. 11-sinf.T., ―Sharq‖, 1998, 332-bet.
8
O’zbekiston bilan Tojikiston o’rtasida ham aloqalar o’rnatilgan va rivojlanib
bormoqda. Tojikistonda 1992-1996 yillarda davom etgan birodarkushlik urushi
Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir qildi, uning qo’shni
mamlakatlar, jumladan O’zbekiston bilan hamkorligiga ham putur yetkazdi.
1997 yilda Moskvada Tojikistonning rasmiy hokimiyati bilan muxolifat
kuchlar o’rtasida to’zilgan milliy murosa haqidagi shartnoma Markaziy Osiyo
mintaqasi mamlakatlari uchun ayni muddao bo’ldi. Tojikistonning qo’shni
mamlakatlar bilan aloqalari yana jonlandi.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 1998 yil 4
yanvar kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Raxmonov O’zbekistonga amaliy tash-
rif bilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari bo’yicha Qo’shma
axborot imzoladilar. O’zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari sog’liqni saqlash,
madaniyat va gumanitar soha, fan, texnika va axborot sohalari bo’yicha hamkorlik
to’g’risida bitimlarni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida yuk tashish
hamda gaz yetkazib berish, Tojikistonning qarzi bo’yicha o’zaro hisob-kitob
to’g’risidagi bitimlar ham imzolandi. O’zbekiston va Tojikiston munosabatlari
o’zining yangi, mustahkamlanishi va taraqqiyot davriga o’tdi. Shu vaqtgacha
O’zbekiston bilan Tojikiston o’rtasida 30 dan ortiq hujjatlar imzolangan. Ular
o’rtasida tovar ayirboshlash hajmi 1997 yilda 50 million AQSH dollaridan oshdi,
bu avvalgi yilga nisbatan 50 foiz ko’pdir. O’zbekiston Tojikiston hududidan o’tgan
transport kommunikatsiyalaridan foydalanmoqda.
Yangi ikki palatalik Parlamentning qo’shma majlisida Prezidentimiz
Markaziy Osiyoda strategik mavhumlik qolati hanuzgacha saqlanib qolayotgani
haqida tashvishlanib gapirgani yaxshi ma’lum. Shunday ekan, ushbu masalaning
ma’no-mazmuni, unga bilvosita va bevosita ta’sir o’tkazuvchi omillar, shuningdek,
muammoning zamirida yotgan sabablar nimalardan iborat, degan savol tug’ilishi
tabiiy
4
.
Strategik mavhumlik mintaqaviy yoki hududiy darajadan tortib to
umumsayyoraviy qamrov kasb etishi mumkin. Ayni paytda bizni strategik
4
Jo’rayev N, Fayzullayev T, Usmrnrv Q. O’zbekiston tarixi. 11-sinf.T., ―Sharq‖, 1998, 320-bet.
9
mavhumlikning mintaqaviy darajasi, uning Markaziy Osiyo bilan bog’liq tomoni
qiziqtirar ekan, shu munosabat bilan quyidagilarga e’tiborni qaratish o’rinlidir.
Ma’lumki, o’tgan XX asrning 90-yillariga kelib ikki bir-biriga mutlaq, zid
siyosiy-harbiy tizim o’rtasida yarim asr davom etgan hayot-mamot kurashiga chek
qo’yildi. Albatta, bu insoniyat osoyishtaligi, taraqqiyoti manfaatlari nuqtai
nazaridan o’lkan siljish sifatida e’tirof etilsa-da, dunyo miqyosida o’ziga xos
strategik vakuumning paydo bo’lishiga olib keldi. Shuningdek, qator yangi
mustaqil davlatlar, jumladan O’zbekistonning paydo bo’lishi unga qadar
imzolangan va barcha davlatlar tomonidan e’tirof etilgan shartnomalar, chegaraga
oid o’zaro kelishuvlarga, tabiiyki, o’zgartirishlar kiritilishiga extiyojni keltirib
chiqardi. Hullas, global miqyosda ro’y bergan chuqur siljishlarning aks-sadosi
mintaqamizga ham yetib keldi.
Bu muammoning bir jihati. Uning boshqa tomoni esa xavfsizlik va
barqarorlik nuqtai nazaridan bo’shliq paydo bo’lgan makonlarga ko’plab qudratli
davlatlar va davlatlararo ittifoqlarning oshkora intilishining kuchayganligi bilan
belgmlanadi. Mintaqada davlatlar xulqi-atvori, tutgan o’rniga tamomila aloqasi
bo’lmagan, ammo biz uchun tashvishli bir vaziyat vujudga keldiki, uning kaltisligi
va beqarorligidan Markaziy Osiyo strategik jihatdan hali-hanuz aziyat chekmoqda.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «Bu yerda jahondagi yirik davlatlar va bizga
qo’shni bo’lgan mamlakatlarning strategik manfaatlari mavjud bo’lib, ba’zida ular
bir-biri bilan kelishmasligini ham kuzatish mumkin».
Ko’rib turganimizdek, Markaziy Osiyodagi bugungi strategik mavhumlik,
bir tomondan, to’g’ridan-to’g’ri bundan 10-15 yillar avval jahonda sodir bo’lgan
o’lkan geosiyosiy, demakki geostrategik «portlash»ga borib taqalsa, ikkinchi
tomondan, u sobiq Ittifoq, harobalarida paydo bo’lgan yangi mustaqil davlatlardan
birortasining ham xalqaro faoliyati bilan bog’liq emas. Ya’ni mintaqada bugungi
kunga kelib, ko’pgina muammolar o’z yechimini kutayotgan yoki yangi-yangi
muammolar paydo bo’layotgan bo’lsa, Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan,
O’zbekistan unga mutlaqo dahldor emas.
|