21
Yaqin o’tmishimizga bir nazar solaylik. Bir necha ming yilliklar mobaynida
joni joniga, qoni qoniga payvand bo’lib ketgan Turkiston xalqlari sobiq SSSR
davrida turli millatlarga ajratib tashlandi. Qog’ozdagina suveren, aslida esa
Markazga qaram sovet respublikalari barpo etildi.
Bu soxta siyosat tufayli
an’analari, turmush tarzlari, ruhiy va ma’naviy qadriyatlari bir bo’lgan xalqlar
o’zbegu qozoqda, tojigu qirg’iz, turkmanga bo’lib yuborildi.
Albatta, mazkur xalqlar o’tgan 70 yildan ko’proq. vaqt mobaynida millat
sifatida shakalandi. Ularning o’z tili, madaniyati bor. Endi ularni butunlay
birlashtirib yuborish milliy qadriyatlarini toptash bilan barobar. Biroq, masalaniig
boshqa tomoni ham bor. Ya’ni, yagona Turkiston zaminida sobiq SSSR tarqalgach
vujudga kelgan mustaqil davlatlar o’z
tarixiy kelib chiqishlari, xalqlarining boy
o’tmishi, ma’naviy va ruhiy extiyojlari nuqtai nazaridan o’zaro yaqinlashishga
hayotiy zarurat sezishlari tabiiy holdir.
Turkiston xalqlari ruhiyati asrlar mobaynida bir-biriga tutashib, ma’naviy,
diniy va ahloqiy munosabatlari uyg’unlashib ketgan, yashash tarzlari va urf-
odatlari mushtarak bo’lib, yagona o’lkan va jonli vujudga aylangan edi.
Shuning
natijasida qondoshu jondoshlik, bir butunlik an’analari tarkib topgan. Kishilik
tarixida bunday ma’naviy, ruhiy va fikriy yaqinlik bu diyorda hamisha hamma
narsadan ustun kelgan. Shuning uchun ham Mavlono Rudakiy: Dunyoning shodligi
yitlsa butun, Do’stlar diydoridan bo’lol mas ustun", deb bejiz aytmagan.
Mustaqillik sharoitida bizning millat,
millatlararo munosabatlar, milliy
madaniyat, yaqin qardosh xalqlarning madaniy merosi, etnik muammolari,
jug’rofiy va iqtisodiy birligi haqidagi tasavvurlarimiz o’zgarmoqda. Yangi tarixiy
sharoitlarda vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar Turkiston mamlakatlari
xalqlari tarixi, ularning kelib chiqishi, o’ziga xos
turmush tarzlari va yaqin
qo’shnichilik munosabatlariga har qachongidan boshqacharoq qarashni taqozo
etmoqda.