2. Paralingvistika. Paralingvistika – (grekcha raga-atrof, lingvistika -fan, ya’ni lingvistika tevaradagi fan ma’nosini anglatadi) tilni ko‘llashda ishlatiladigan vositalarni o‘rganadi. U uch xil ko‘rinishda bo‘ladi 1. Kinesika-imo-ishora inson organizmidagi biror muruvatni kimirlatish nrqali biror tushunchani ifodalash; 2. Fonatatsiya-inson ovozidagi o‘zgarishlar, masalan, ox, ux, voy; 3. Paragrafemika - yozuv orkali shaxsiy іushunchalarni belgilar orkali ifodalash. Paralingvistik vositalar turli xalklarning milliy, shaxsiy, diniy, psixologik, etnik madaniyati va urf- odati bilan boglik xolda ogzaki va yozma nutkda ifodalanadi.
3. Lingvokulturologiya. Tilshunoslikdagi bu yo‘nalish madaniyatshunoslik va lingvistika oralig‘ida paydo bo‘ldi. Uning vazifasiga til va madaniyat munosabatlarini, tilda madaniyatning aks etishi, madaniyatlararo mulokotni o‘rganish kiradi. Bu masalalar ilgari xam ozmi ko‘pmi o‘rganilgan, ammo bu oraliq fanning paydo bo‘lishi shu masalalarni izchil va ilmiy o‘rganishga olib keldi, yangi tadkikot metodlarini topishga majbur kildi. Bu fan chet tilini o‘kitish nazariyasiga bsvosita salmokdi ta’sir qildi va buning natijasida chet tili darsida fakat tilnigina emas, balki o‘sha tilda gapiruvchi xalkning madaniyatini xam o‘rganish lozim, degan karashlar paydo bo‘ldi.
Lingvokulturologiyaning asosiy tushunchasi lingvokulturemadir. U V.V. Vorabyov tomonidan taklif etilgan. Ko‘pchilik uni madaniyat konsepti deb tushunadi. Biz bu tushunchani kuyidagicha talkin etishni tavsiya etamiz: lingvokulturema - o‘z semantikasida(ma’nosida) madaniyatni biror-bir bo‘lagini aks ettiruvchi til yoki nutk birligi lingvokulturemalarga madaniyatning biror bo‘lagini aks ettiruvchi so‘zlar(tub, yasama, ko‘shma va murakkab so‘zlar), frazeologik birliklar, so‘z birikmalar, gaplar, iaremialar, nutk klishelari, murakkab sintaktik butunliklar, matnlar, shu jumladan, folklor matnlari va x.k lar kiradi. Lingvokulturema mazmun va ifoda planiga ega, ifoda planini yukorida ko‘rsatilgan birliklar, mazmun planini esa o‘sha birliklarning semantikasi tashkil kiladi. Demak, lingvokulturema konseptdan o‘zining mazmun va ifoda planiga ega bo‘lishi bilan fark kiladi. Lingvokulturologiya. bizningcha, kelajakda chet tilini o‘kitishni yaxshilashga xizmat kiladigan fanlardan biridir.