Umumiy tilshunoslik kafedrasi


Prototip va kategoriyalashtirish



Yüklə 471,78 Kb.
səhifə30/64
tarix18.05.2023
ölçüsü471,78 Kb.
#116299
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64
Umumiy tilshunoslik kafedrasi

5. Prototip va kategoriyalashtirish.
Kognitiv tilshunoslikning asosiy vazifasi inson ongida kechadigan mental jarayonlarni lisoniy faoliyat bilan bog‘liq holda o‘rganishdir. SHunga nisbatan ushbu fanning erishgan asosiy yutuqlaridan biri insonning bilish faoliyati natijasida xotirada hosil bo‘ladigan oldingi tajribaning «iz»lari, ya’ni kategorial tushuncha hamda turli ko‘rinishdagi yuqori darajadagi tarkibli tuzilmalarning mantiqiy va lisoniy tizimlari haqidagi ma’lumotlar majmuasining to‘planishidir.
Bu ikki tizim o‘rtasidagi aloqaning uzviyligi kategoriyalashtirish hodisasida yaqqol o‘z aksini topadi. Ma’lumki, «kategoriya» tushunchasi o‘ta keng ma’noda talqin qilinadi va unda voqelik predmet – hodisalarining eng umumiy va muhim sifatlari, xususiyatlari, aloqalari va munosabatlari o‘z aksini topadi. Predmet-hodisalarni kategoriyalarga ajratish va ularni guruhlar bo‘yicha tasniflash amaliyoti qadimdan mavjud.
Kategoriyalashtirish – murakkab aqliy mental va lisoniy jarayondir. Ushbu jarayon ma’lum turdagi harakat bosqichlarini qamrab oladi: A) stimul (qo‘zg‘atuvchi sabab) tanlovi. Sezgi tizimiga kiruvchi (ko‘rish, eshitish, hid bilish kabi) stimullardan faqatgina diqqatni jalb qiladiganlari tanlanadi; B) ajratish va tasniflash. Bu harakat tanlangan stimulni xotiradagi bilim bilan qiyoslash, moslashtirish yo‘li bilan bajariladi; V) nomlash. Hosil bo‘lgan kognitiv kategoriya (konsept) nom oladi.
An’anaga ko‘ra, ma’lum turdagi ob’ektlarni bir guruhga kiritishning sababi ular o‘rtasida biror bir o‘xshashlikning mavjudligidir. O‘xshashlik esa har doir ham bir xil uslubda aniqlanmaydi. O‘xshashlik munosabatlari ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: a) refleksiv – har qanday ob’ekt har doim o‘ziga o‘xshaydi; b) simmetrik – ikkita ob’ektning o‘xshashligidagi davomiylik qatori tartibi o‘zgarishidan qat’iy nazar bir xilda saqlanadi. Masalan, A va B qiyoslanadimi yoki B va A, natija bir xil. Refleksivlik munosabati doimo bir xil va u izohtalab emas. Simmetrik munosabatlar esa murakkab jarayon.
Haqiqatan ham agar ob’ektlar o‘rtasidagi o‘xshashlikni bilish maqsadida ushbu ob’ektlarni xususiyatlarga ajratsak, qiyoslash xususiyatlarga nisbatan bajariladi. Aksincha, ob’ektlar yaxlit hodisa sifatida qiyoslansa, o‘xshashlik maqsadli mo‘ljal asosida aniqlanadi. Masalan, quyidagi jumlalarni olsak: «O‘g‘il otasiga o‘xshaydi», «Surat asliga o‘xshaydi», «SHogird ustoziga o‘xshaydi» kabi tasdiq jumlalari bir xil qolipga ega: «A B ga o‘xshaydi». Agarda biz o‘xshashlik munosabatlarini shaklan saqlab, A va B larning joylarini almashtirsak (B A ga o‘xshaydi), bunday o‘xshashlik tasdig‘i har qancha to‘g‘ri bo‘lsa ham, hosil bo‘ladigan jumlalar sun’iy tus oladi hamda «Ota o‘g‘liga o‘xshaydi», «Asl suratga o‘xshaydi», «Ustoz shogirdiga o‘xshaydi» kabilar tajnis (kalambur)dek tuyuladi.
«Lisoniy geshtaltlar» tadqiqotining muallifi J.Lakoffning kuzatishicha, «it» va «stul» «sut emizuvchilar» va «mebel» turkumiga kiruvchilar uchun tayanch kategoriyadir, chunki ularda («it» va «stul») inson tasavvuridagi belgilar yuqori miqdorda to‘plangan. «YAxshi» geshtalt negizida turadigan tayanch ob’ektni E.Rosh prototip (prototype) deb ataydi. Prototip qiyoslash gorizontal, ya’ni to‘g‘ri qatorli tartibda bajarilganda, qiyoslashning tayanch ob’ekti sifatida ajraladi.
Prototip kategoriyaga kiruvchi barcha ob’ektlar uchun umumiy, eng ko‘zga tashlanadigan xususiyat yoki belgiga ega bo‘lishi kerak va faqat shundagina u qiyoslash uchun namuna xizmatini o‘tashi mumkin. Prototip kategoriyasi ob’ektlarning xususiyatlariga nisbatan ajratiladi.
Tajribalar o‘tkazgan tadqiqotchilar ba’zan birgina kategoriyaga oidlikni aniqlash va prototip belgilarni topish uchun ob’ektlarning lug‘atlarda berilgan tavsifiga murojaat qilishadi hamda shu asnoda ajratilgan xususiyatlarni qiyoslash uchun asos qilib oladilar. Masalan, «qushlar» kategoriyasining prototip sifatlarini (belgilarini) aniqlash uchun izohli lug‘atlarga murojaat qilamiz va ulardan olingan tavsiflarni informantlardan olingan ma’lumotlar bilan to‘lg‘azamiz.
Demak, kategoriyalashtirish amalida qiyoslanayotgan va bir kategoriya doirasida to‘planishi mo‘ljallanayotgan ob’ektlar uchun umumiy bo‘lgan belgilarni izlash lozim bo‘ladi. Kategoriyani uning tarkibiga kiruvchi elementlar xususiyatlarining umumlashuvi yoki uchrashuvi sifatida ajratib bo‘lmaydi. YAxshisi, prototip yoki markaziy elementning xususiyatlarini shu kategoriyaga kiruvchi elementlar xususiyatlari bilan eng ko‘p miqdorda mos kelishiga e’tiborni qaratish kerak. Har holda, prototip o‘z guruhidagi elementlarga qay darajada yaqin tursa, boshqa guruhdagilardan shu miqdorda uzoqlashadi.
Kategoriya markaziy elementini aniqlash oson, ammo markazdan uzoqlarini ba’zan ajratish qiyin, chunki ular boshqa kategoriyalarga xos belgilarga ega bo‘ladilar. Boshqacha aytganda, kategoriyalar chegarasi har doim ham aniq bo‘lavermaydi, ayrim hollarda ular o‘zaro «chatishib» ketishlari hech gap emas. Demak, kategoriyalar bir xil birliklardan tarkib topadi, ular son jihatidan chegaralangan, barcha birliklarning xususiyatlari mos keladi qabilidagi an’anaviy ta’riflar tajriba tadqiqotlarida o‘z tasdig‘ini topmadi. YAxshisi, kategoriyalar prototip namuna asosida ajratiladilar, ular tarkibida «yaxshi» va «yomon» birliklar bo‘ladi, bu birliklarning barcha xususiyatlarining mos kelishi shart emas, lekin ular «oila o‘xshashligi»ga ega bo‘ladilar, degan ma’quldir. Prototip tafakkur jarayonida hosil bo‘ladigan mental tuzilmalardan biri sifatida lisoniy faoliyat va ijodga oid hodisalarning tub mohiyatini anglash imkonini beradi. Binobarin, gap qurilishining kognitiv-semantik asoslarini o‘rganishga harakat qilgan J.Lakoff gap tarkibida yuzaga keladigan prototip munosabatlarni aniqlash muhimligini ta’kidlaydi.



Yüklə 471,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin