Umumiy tilshunoslik kafedrasi


Metod, metodika va metodologiya tushunchalari



Yüklə 471,78 Kb.
səhifə3/64
tarix18.05.2023
ölçüsü471,78 Kb.
#116299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Umumiy tilshunoslik kafedrasi

2. Metod, metodika va metodologiya tushunchalari.
Atrofdagi tabiatni, inson hayot kechirayotgan jamiyatni va insonning o‘zini, uning faoliyat ko‘rinishlarini ilmiy tahlil etish va bilish intellektual faoliyatning eng oliy shaklidir. Bu faoliyat oddiy bilishdan, ya’ni kundalik xayot ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan bilish istagidan, birinchi navbatda, o‘z maqsadi va tizimli ravishda amalga oshirilishi bilan tubdan farq qiladi. Ikkinchidan esa, ilmiy bilish jarayonida maxsus vosita va usullarga murojaat qilinadi.
Fan sohasida qo‘llaniladigan bilishning vosita va amallari umumlashmasi ilmiy tadqiqotlar metodini tashkil qiladi. Tadqiqot metodi, albatta, o‘rganish uchun tanlangan ob’ektga monand tarzda turli xil bo‘lishi mumkin. SHuning bilan birgalikda, tadqiq metodining tanlanishi tadqiqotchining borliqqa (ob’ektga) bo‘lgan munosabati bilan ham belgilanadi. Keyingisi alohida e’tiborga loyiq, chunki ilmiy tadqiqot yoki ilmiy tafakkur metodologiyasini belgilaydi.
Bilish jarayoni bevosita aniq va konkret metodlarni talab qiladi, ularning yig‘indisi esa ushbu fanning tadqikot metodikasini tashkil qilib, maxsus-ilmiy metodologiyaning ma’lum bir pog‘onasi hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot ishlariga kirishishdan avval, uning metodlarini, shakllarini, vositalarini to‘g‘ri tanlab olish va metodikani ilmiy jihatdan asoslash lozim.
Metodologiya inson bilish faoliyatining vositalari, maqsadi va nazariy asosini aniqlab beradi. Metodologiya doirasida tadqiqotchi voqelikdagi turli hodisalarni tahlil qilish tamoyillarini tanlaydi, tadqiqot jarayonida erishilgan natijalarni o‘rganish va baholash usullaridan foydalanadi. «Falsafa» qomusiy lug‘atida metodologiya tushunchasi ikki yo‘nalishda ta’riflanadi:
1) Biror fanda tadbiq etiladigan tadqiqot usullarining majmui;
2) Ilmiy bilish va dunyoni o‘zgartirish metodi haqidagi ta’limot. N.SHermuhamedova aytganidek, «Fan metodologiyasi samarali bilish faoliyatining umumiy tamoyillarinigina belgilab berishga qodir, ammo u tadqiq qilinayotgan ob’ektni bilishning muayyan yo‘llarini belgilab bera olmaydi». Har bir ob’ekt tadqiqi alohida yondashuvni, maxsus usul va vositalar majmuasidan foydalanishni talab qiladi. SHu sababli metodologiyani tahlil tamoyillari va metodlari tizimi haqidagi ta’limot sifatida ta’riflash ma’qulroq. Uning doirasida ilmiy izlanish va bilim olishning nazariy asosi, umumiy yondashuv tamoyillari belgilanadi.



Yüklə 471,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin