Qiyosiy-tarixiy tilshunosligining asoschilari kim?
Umumiy tilshunoslikning asoschisi kim sanaladi?
Qiyosiy-tarixiy metod nima?
Qiyosiy-tarixiy tilshunosligining rivojlanish bosqichlari necha davrga bo‘linadi?
Qiyosiy-tarixiy tilshunosligi tarixining qaysi davrida sotsiolingvistika, dialektologiya va dialektografiya sohalari taraqqiy qildi?
«Yosh grammatiklar»ning asosiy g‘oyalariga nimalar kiradi?
Glottoxronologiya nima?
Foydalanish uchun adabiyotlar: 1. Umarxo‘jaev M.E. Umumiy tilshunoslik. – Andijon, 2007.
2. Sodiqov A., Xolmurodov A. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 2014.
3. Kondrashov N.A. Istoriya lingvisticheskix ucheniy.– M., 2009.
4. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – T, 2010.
3-MA’RUZA. TIPOLOGIK VA CHOG‘ISHTIRMA METODLARNING YARATILISHI VA ULARNING QO‘LLANISH PRINSIPLARI
Reja: Lingvistik tipologiya haqida tushuncha.
CHog‘ishtirma tilshunoslik va uning lingvistikaning boshqa sohalari bilan aloqasi.
CHog‘ishtirma metodning tavsifi va qo‘llanilish tamoyillari.
1. Lingvistik tipologiya haqida tushuncha. Tipologiya turli fan sohalarida qo‘llanilishiga ko‘ra, ikki turga bo‘linadi: lingvistik va nolingvistik tipologiya.
Lingvistik tipologiya – qiyosiy tilshunoslikning bir yo‘nalishi bo‘lib, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: a) dunyo tillarini tasniflash; b) til universaliyalari (barcha tillarda mavjud bo‘lgan lingvistik hodisalar), dominantalari (dunyo tillarining aksariyatida mavjud bo‘lgan til hodisalari), frekventaliyalar (dunyo tillarining ba’zilarida uchraydigan til faktlari) va unikaliyalar (dunyo tillarining faqat bir yoki ikki tiliga xos bo‘lgan til hodisalari)ga asos solish; v) til shakllarining turlarini barpo etish; g) qiyoslanayotgan tillar uchun metatillarni ishlab chiqish (YUsupov, 2013, b. 6).
J.Buranovning ta’kidlashicha, lingvistik tipologiya tadqiqot ob’ektiga ko‘ra quyidagi to‘rt turga bo‘linadi: a) genetik tipologiya; b) struktural tipologiya; v) areal tipologiya va g) qiyosiy tipologiya (Buranov, 1983, b. 33).
Lingvistik tipologiyaning asosiy namoyondalari sifatida V. fon. Gumboldt, A. SHlaxer, J. Grinberg, YU.V. Rojdetsvenskiy, B.Uspenskiy boshqa olimlar ta’kidlanadi (YUsupov, 2013, b. 6). Ular o‘z ishlarida lingvistik tipologiyaning xususiyatlarini tavsiflab berganlar.