Umumiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 471,78 Kb.
səhifə56/103
tarix13.04.2022
ölçüsü471,78 Kb.
#55266
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103
LTM ma\'ruza

2. Lug‘at sathi. Ushbu sath tilda mavjud so‘zlar yig‘indisidan iborat. Ushbu sathda leksikologiya (so‘z ta’rifi, lug‘atning o‘zgarishi, so‘zlarning o‘zaro munosabati), etimologiya (so‘zlarning boshlang‘ich ma’nosi va shakliy o‘zgarishi), leksikografiya (lug‘at va uning tuzilishi), semasiologiya (so‘z ma’nosi va uning taraqqiyoti) kabi bo‘limlar ajratiladi.

3. Grammatik sath. Tilning mazkur sathi o‘z ichiga so‘zlarning grammatik formasi, so‘z birikmalari, gaplarni qamrab oladi. Grammatik sath birliklariga morfema, so‘z birikmasi, gap, murakkab sintaktik butunlik, abzats, matnlar kiradi.

A.Hojiev til sathlarini quyidagicha tasvirlaydi:



1. Morfem sath (morfema). Morfema – o‘z ifoda va ma’no jihatiga ega bo‘lgan, so‘z yasash yoki so‘z shaklini yasash uchun xizmat qiladigan lisoniy birlik. Uning mohiyati quyidagicha: a) o‘z ifoda va mazmun jihatiga ega; b) vazifasi – so‘z yasash va so‘z shaklini yasash vazifasiga ega. So‘z yasovchi morfemalar so‘z yasalish sistemasini, shakl yasovchi morfemalar morfologik sistemani shakllantiruvchi til birliklarni hosil qiladi. Morfemaning mazmun plani shunday fikr bilan izohlanadi: morfema, yasovchi birlik sifatida, mustaqil qo‘llanishi mumkin bo‘lgan til birligi bilan, jumladan, so‘z bilan qo‘llanadi va uning ma’nosi ham o‘zi birikkan birlik doirasida, ya’ni yasama so‘z va so‘z shaklida voqelanadi. YA’ni, so‘z yasovchi morfemalarga xos umumiy ma’noni so‘z yasalishi ma’nosi, so‘z shaklini yasovchi morfemalarga xos umumiy ma’noni (so‘z shakli ma’nosini) grammatik ma’no (morfologik ma’no) deb hisoblash mumkin. Morfemalarning ifoda plani ularning tarkibidagi fonemalar kompleksi tomonidan hosil bo‘ladi. Morfemalar ifoda, mazmun va vazifasiga ko‘ra, affiks va so‘z morfemalarga bo‘linadi.

Affiks morfemalar ham so‘z yasaydi, ham so‘z shaklini hosil qiladi (masalan: ishchi (-chi so‘z yasovchi affiks morfema); ishchiga (-ga so‘z shakli yasovchi affiks morfema)). Biroq so‘z morfemalar faqat so‘z yasash uchun xizmat qiladi (masalan: qil (et, ayla) va bo‘l fe’llari). Ushbu fe’llar (qil (et, ayla) va bo‘l)ni faqat so‘z yasovchi vazifasidagina so‘z morfemalar deyish mumkin.

A.Hojiev morfema xususidagi fikrlarini quyidagicha xulosalaydi: 1. Til birligi sifatida morfema ikki mohiyatga ega: a) til sathini tashkil etuvchi birlik – morfem sath birligi; b) yasovchi birlik – yasama so‘z va so‘z shaklini yasovchi birlik; 2. Morfema til sistemasini, jumladan, morfem sistema deb atalishi mumkin bo‘lgan sistemani shakllantirmaydi – u sistemani tashkil etuvchi birlik emas. Bu uning mustaqil bo‘lmagan til birligi ekani bilan izohlanadi.



2. Leksik sath (leksema (so‘z)). Leksema bu tilning lug‘at tarkibiga mansub so‘z, lug‘aviy ma’noli so‘z, lug‘aviy sistemaning til birligi degan ma’noda so‘zning bir vazifasidagina qo‘llaniladi. So‘z til birligi sifatida ikki ma’noga ega: lug‘aviy ma’no va turkumlik ma’nosi. Leksema esa, so‘zning birinchi, ya’ni lug‘aviy ma’nosiga ega til birlikdir. Leksik ma’no semema deyiladi, semema esa semalardan tashkil topadi.


Yüklə 471,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin