Umumiy tilshunoslik kafedrasi


Struktural maktablarning va struktural metodlarning yaratilishi



Yüklə 471,78 Kb.
səhifə26/103
tarix13.04.2022
ölçüsü471,78 Kb.
#55266
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   103
LTM ma\'ruza

3. Struktural maktablarning va struktural metodlarning yaratilishi.

Strukturalizm (ingl. structural so‘zidan olingan) bo‘lib, tilni o‘zaro bog‘langan va nisbatlangan til birliklaridan iborat butun bir tahlil metodi hisoblanadi. Ushbu metod til va nutq birliklari, ushbu birliklarning o‘xshash va noo‘xshash jihatlari, joylashish tartibi va boshqa nisbiy aloqalarni aniqlash bilan shug‘ullanadi. Struktual tilshunoslik uchun tilning ichki qurilishi, til tarkibini tashkil etuvchi tarkibiy qismlar orasidagi munosabatlar, oppozitsiyalar, ya’ni tilning struktural tomonlari tilning asosiy aspekti hisoblanadi.

Olamdagi narsa va hodisalarning har biri o‘zaro chambarchas bog‘liq ichki guruhlarning bir butunligidan iborat bo‘lib, bunda har qaysi butunlik boshqa butunlik bilan uzviy munosabatda bo‘ladi. Buni hayvonot olami va o‘simliklar dunyosining o‘zaro va ayni paytda bilan insoniyat bilan uzviy aloqalari, ularning bir-birisiz yashay olmasligidan ham ko‘rish mumkin.

Har qanday sistema ichki bo‘linuvchanlik xususiyatiga, muayyan ichki tuzilishga ega bo‘lgan 2 va undan ortiq birliklarning o‘zaro munosabatidan iborat bo‘lib, ayni paytda o‘zi alohida strukturani tashkil etadi. Demak, sistema qismlardan, bo‘laklardan iborat bo‘lsa, struktura ushbu qismlar, bo‘laklar o‘rtasidagi ichki munosabatdir. YA’ni, sistema - butunlik, struktura – xususiylik hisoblanadi. Ular o‘zaro uzviy bog‘liq, bir-birini taqazo qiladi, ayni paytda har biri o‘ziga xos tomonlari, xususiyatlari bilan mustaqil bo‘ladi.

Sistema strukturaga nisbatan murakkab, ko‘p tarmoqli hodisa, u bir-birini taqozo etuvchi, bir-biri bilan pog‘onaviylik munosabatida turuvchi uzvlardan tashkil topadi. Bu munosabatlar jins va tur, butun va bo‘lak munosabatlaridan iborat bo‘lib, ushbu pog‘onaviy munosabat tufayli ma’lum turlarga nisbatan jins, bo‘laklarga nisbatan butun bo‘lgan qism boshqa butun yoki jins tarkibiga bo‘lak yoki tur bo‘lib kirishi mumkin. Masalan, olma bir qator navlar (masalan, jonoqi, razmarin, semerinka va h.z. ) ga nisbatan jins, ushbu navlar o‘z navbatida tur bo‘lib kelsa, mevali daraxtlarga va umuman o‘simlikka nisbatan tur, chunki daraxt ham o‘simliklarning muayyan turi hisoblanadi va ayni paytda, avvalo, mevali, mevasiz, dekorativ daraxtlar turlariga bo‘linadi. Ushbu turlarning har biri o‘z ichida har xil turlarga bo‘linishi ham barchaga ma’lum.

Til sistemasi uni tashkil etuvchi qismlari, strukturasiga ko‘ra juda murakkabligi, ko‘p yarusliligi bilan ajralib turadi. Tilning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik sathlari struktura qatlamlari bo‘lib, ular bir butunlikni tashkil etadi va o‘zaro dialektik aloqadorligi bilan tilning mavjudligini ta’minlaydi. Tilning har bir birligi butunlikning qismi sifatida sistema tarkibiga kiradi. Ayni paytda til sistemasining har bir sathi o‘ziga xos sistemalar bo‘lib, ular ham muayyan struktural elementlardan – muayyan ijtimoiy vazifani bajaruvchi moddiy birliklardan tashkil topadi. Demak, tilni sistemalarning sistemasi, deb atash mumkin. Bunda til sathlarining yig‘indisi makrosistema bo‘lsa, ichki yaruslar sistemasi mikrosistema sifatida namoyon bo‘ladi.




Yüklə 471,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin