Umumiy tilshunoslik kafedrasi


Tilshunoslikdagi yangi yo‘nalishlar. Kognitiv tilshunoslik



Yüklə 471,78 Kb.
səhifə34/103
tarix13.04.2022
ölçüsü471,78 Kb.
#55266
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   103
LTM ma\'ruza

1. Tilshunoslikdagi yangi yo‘nalishlar. Kognitiv tilshunoslik.

Hozirgi davr tilshunosligida sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, paralingvistika, psixolingvistika, etnolingvistika, antropololingvistika eng dolzarb yo‘nalishlar katoriga kiradi.



Kognitiv tilshunoslik. Tilshunoslikda inson bilimini urganuvchi kognitologiya fani (bilish nazariyasi. gnoseologiya) bilan lingvistika o‘rtasidagi oralik-soxalararo fan kognitiv tilshunoslik deyiladi.

Kognitiv tilshunoslikning vazifalari: 1) insondagi bilimlarning paydo bo‘lishida tilning rolini aniklash; 2) olam va undagi narsalarni kategoriyalashtirish (tushunchalar xosil kilib, turlarga bo‘lish); konseptuallashtirish (konseptlar xosil kilish) va atash (nominatsiya) jarayonlarini tushunish; 3) konseptual sistema bilan til sistemasi o‘rtasidagi munosabatni aniklash 4) olamning lisoniy va kognitiv (konseptual) tasvirlari bilan boglik masalalarni echishdir.

Tashki va ichki olamdagi narsa-xodisalarning tilda va nutkda aks etishi (in’ikosi), obrazli kilib aytganda, olamning lisoniy tasviridir. Rus tilida u “yazikovaya kartina mira” deb yuritiladi. Olamning inson ongida konseptlarda aks etishi kognitiv lingvustikada “olamning kognitiv tasviri”(kognitivnaya kartina mira) yoki olamning konseptual tasviri (konseptualnaya kartina mira)deb yuritiladi. Kognitiv tilshunoslikning nazariy asosida tafakkur tilsiz bo‘ladi, ammo mulokot paytida u til orkali yuzaga chikadi, ya’ni ifodalanadi, degan tezis yotadi. Xuddi shunday fikr bir kancha yillar avval rus olimlari X.I. Jinkin va A.P.Luriya tomonidan ilgari surilgan edi.

Kognitiv tilshunoslikning asosiy tushunchasi konsept bo‘lib, u til birligi emas, balki ong birligidir. Konseptlarni insondagi bilim xazinasi deyish mumkin. Kognitiv lingvistikada konseptni barcha tilshunoslar tan olsalar-da, u xakdagi fikrlar turlichadir. Jumladan, konsept xakida B. A. Maslova , S.Vorkachev, E.S.Kubryakova, 3. D. Popova bir biridan fark kiluvchi ta’riflarni keltirganlar. Konsept-bu tashki yoki ichki dunyodagi biror narsa yoki xodisa xakidagi ongimizdagi bilimlar) majmuasi, u xakidagi obrazlar va unga bo‘lgan ijobiy, salbiy yoki neytral baxolashlardir (munosabatlardir).




Yüklə 471,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin