1. Fonetik-fonologik sath.
Ushbu sath nutq tovushlarini turli nuqtai nazardan o‘rganadi. Xususan, nutq tovushlarining akustik (hosil bo‘lishi), artikulyasion (talaffuz qilinishi), fiziologik xususiyatlari fonetikada o‘rganilsa, uning funksional (ma’no farqlash) tomoni fonologiyada o‘rganiladi. Fonetikaning nazariy, amaliy, segmental, supersegmental kabi ko‘rinishlari bor. Fonetika nuqtai nazaridan, nutqning fraza, takt, bo‘g‘in, nutq tovushlari kabi elementlari farqlanadi. Fonologiya nutqning funksional aspekti bilan shug‘ullanadi. Bunda nutq tovushlari (fonema)ning ma’no farqlash vazifasi o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: |