Umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-onasi (qonuniy vakili) o‘rtasidagi shartnoma



Yüklə 20,8 Kb.
səhifə4/10
tarix02.01.2022
ölçüsü20,8 Kb.
#37106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 sonli

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Ma’muriy reglamentiga muvofiq berilgan yo‘llanmalar asosida tarbiyalanuvchini DMTTga qabul qilish;

 bolaning DMTTda bo‘lishi vaqtida uning sog‘ligi va hayotini asrash hamda har tomonlama rivojlanishi tarbiyalanishi va ta’lim olish bilan bog‘liq zarur va xavfsiz sharoitlarni yaratish;

bolalarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini oilaga o‘z xalqining milliy tarixiy madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni atrof muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish; tarbiyalanuvchining jismoniy ruhiy va aqliy rivojlanishini ta’minlash uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

har bir bolaga uning o‘z qobiliyatlariga qarab individual yondoshishni ta’minlash bola huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya

nizolarni hal qilishda avvlambor bolaning manfaatlariga asoslanish;

bolaning qonuniy vakiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

DMTT kuzatuv kengashining to‘liq faoliyat olib borishini ta’minlash;

O‘quv ta’lim tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;

Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va sog‘ligiga doir xususiyatlarni hisobga olib maktabgacha ta’limning tegishli sifat daraja va hajmga muvofiqligini ta’minlash;

DMTT pedagog kadrlari tomonidan odob axloq qoidalariga qat’iy rioya qilinishi hamda bolaning va uning qonuniy vakilining huquq va sha’ni qadr qimmatini hurmat qilinishini ta’minlash;

Bolaga ta’lim berish va uni tarbiyalash masalalari bo‘yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar berish;

Maktabgacha ta’lim sifati ta’minlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashish;

Tarbiyalanuvchiga birinchi tez tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish davolovchi profilaktik tadbirlarni o‘tkazish (reja asosida profilaktik emlash yillik tibbiy ko‘rik o‘tkazilishini tashkil qilish va boshqalar);

Belgilangan sanitariya qoidalari normalari va gigiena normativlariga muvofiq xavfsiz sifatli va sog‘lom ovqatlanishni tashkil qilish va ta’minlash;

Qonuniy vakildan yoki tegishli ruxsati bo‘lgan shaxslardan tarbiyalanuvchini qabul qilish va unga topshirish;

Tarbiyalanuvchiga tegishli narsa va buyumlarni to‘laligicha saqlash;

Qonuniy vakilga DMTT faoliyatiga doir ma’lumotlarni taqdim qilish (DMTT ustavi kun tartibi ta’lim tarbiya dasturlari va uslublari) ;

DMTTda o‘zgartirilgan tartib va boshqa holatlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish;

DMTTning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin;

DMTTda tarbiyalanuvchi ehtiyoji va turli maqsadlarni vaj qilib qonuniy vakildan majburiy tarzda pul yig‘ish va moddiy qimmatliklar olib kelishni talab qilish ta’qiqlanadi.



Yüklə 20,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin