Umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-onasi (qonuniy vakili) o‘rtasidagi shartnoma



Yüklə 20,8 Kb.
səhifə6/10
tarix02.01.2022
ölçüsü20,8 Kb.
#37106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 sonli

I V. TO‘LOV TARTIBI

agar tarbiyalanuvchi joriy oyning 15-sanasidan keyin muassasaga kelgan taqdirda ta’minot uchun to‘lovni u kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lash;


7. tarbiyalanuvchining DMTTda bo‘lgan davri uchun bir oylik badal to‘lovi ________ so‘m;

Agarda qonuniy vakilning bir nafardan ortiq bolalari DMTTga qatnagan taqdirda to‘lovlar ________ so‘mni tashkil etadi.

Bunda: bir oilada bir nafardan bolalar turli DMTTlarga qatnasa, qonuniy vakil tegishli ravishda bir DMTTdan boshqasiga farzandlarining boshqa DMTTga qatnashi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani oila a’zolari haqidagi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomanisini taqdim etishlari lozim.

8. DMTTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota ona to‘lovi miqdori qonun hujjatlariga muvofiq o‘zgargan taqdirda bu haqda DMTT ma’muriyati tomonidan qonuniy vakilga ma’lum qilinadi hamda shartnomaga qo‘shimcha kelishuv tuziladi.

9.DMTTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota ona to‘lovi har oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi. oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalarni saqlash uchun to‘lovlar esa bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lanadi Bunda to‘lovlar bolaning shu oyda DMTTga qatnaydigan kunlarga mutanosib ravishda to‘lanadi.

10.Bolaning yoki oila a’zolarining kasalligi karantin holatida bo‘lganligi tufayli , shuningdek qonuniy vakil ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola DMTTga ketma ket uch kundan ortiq kelmagan davri uchun to‘langan to‘lovlar keyingi to‘lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib keyingi to‘lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlar soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib , keyingi to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi.

Bolaning yoki uning oila a’zolarining kasalligi karantin holatida bo‘lganligi tufayli bolaning DMTTga kelmaganligi tegishli davolanish profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart;

Tarbiyalanuvchi DMTTga kelmaganligi qonuniy vakilning uzrli sababi ko‘rsatilgan holda DMTT rahbariyati nomiga olinadigan yozgan arizasi tarbiyalanuvchining joyi to‘lovsiz saqlanib turishiga asos bo‘lib hisoblanadi . Bunda bolaning bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha muassasaga kelmasligiga ruxsat beriladi.

Bolaning uyda qolgan boshqa barcha holatlarda qonuniy vakil tomonidan umumiy asoslarda to‘lanadi

11. Ota ona to‘lovi ikki hafta davomida o‘z vaqtida to‘lanmaganlik uchun oyning 15 kunidan boshlab qonuniy vakil DMTTga o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida ammo kechiktirilgan to‘lov summasining50 foizidan ortiq bo‘lgan miqdorda penya to‘laydi.

12. Qarzdorlik kelib chiqqan kundan boshlab 60 kalendar kuni mobaynida tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun mavjud bo‘lgan qarzdorlik qoplanganda, tarbiyalanuvchi ushbu DMTTga tiklanadi, ko‘rsatilgan muddatdan o‘tib ketgan taqdirda DMTTga bolani qabul qilish umumiy asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi.

Tarbiyalanuvchining DMTTga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to‘xtatilishi to‘g‘risida qonuniy vakilning yozma arizasi bo‘lmagan hollarda ota ona to‘lovi to‘liq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.

O‘tgan oy uchun ota ona to‘lovining qolgan qismi to‘langandan so‘ng tarbiyalanuvchini DMTTga qatnashiga yo‘l qo‘yiladi.

Qonuniy vakilning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning DMTTga qatnashi butunlay to‘xtatilgan taqdirda, to‘lov to‘liq bo‘lmagan oy uchun, ya’ni tarbiyalanuvchi amalda DMTTga qatnagan kunlar uchun to‘lanadi.



Yüklə 20,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin