Bunday stanoklar shakldor kesuvchi asboblar tishlarining orqa yuzalariga egri chiziq (Arximed spirali) bo'yicha shakl berishda qo'llaniladi. Kesuvchi tishlar orqa yuzasining bunday profilga ega bo'lishi, orqa burchakning va kesuvchi qirra shaklining old yuza bo'yicha qayta charxlashlarda o'zgarmas bo'lishini ta'minlaydi. Bunday ishlov berish shakldor (fason), modulli chervyak, modulli disk, taroqsi-mon, shlitsli frezalar, shuningdek to'g'ri va vintsimon tishli metchik-Iar uchun zarur bo'ladi.
yo'nalishda tekis surilishi (ko'ndalang surish s
k) natijasida hosil bo'ladi. Surish harakati maxsus kulachok (J)
yordamida amalga oshiriladi, uning ishchi qismi BA Arximed spirali shaklida yasalgan. Kertilayot-gan freza bir tishga burilish vaqtida kulachok to'la bir marta aylanadi. Rolik
{4) kulachokning BA qismi bo'yicha dumalab harakatlanganida support (5) ning keskich
(2) bilan birga ishchi harakati sodir bo'ladi - qirindi kesiladi. Rolik kulachokning to'g'ri chiziqli AB qismiga to'g'ri kelganida prujina (6) ta'sirida support tezda frezadan qochadi (salt yurish). Kertuvchi asbob sifatida shakldor keskich yokijilvirlash doirasi olinib, uIarning shakldor profili kertilayotgan tishlar profiliga mos qilib charxlangan bo'ladi. Zagotovka har bir to'la aylanishdan so'ng keskichga ko'ndalang surish (qiymati) uzatiladi.
10. l-rasm. Freza orqa yuzasini gardanlash sxemasi.
Tokarlik - gardanlash (токарно-затыловочный) stanoklarining tashqi ko'rinishi tokarlik-vintqirqar stanoklarga o'xshash bo'lsa-da, ularda o'ziga xos maxsus konstruksiyaga ega bo'lgan support mavjud. Bu support gardanlash operatsiyasi uchun zarur bo'lgan harakatlar-ni amalga oshiradi.
1Б811 modelli universal tokarlik-gardanlash stanogida bir va ko'p kirimli
modulli chervyak frezalari, shuningdek taroqsimon, modulli disk va fason frezalar hamda tishlari to'g'ri, qiya yoki yon qismida joylashgan asboblar kertiladi. Bu stanokda bundan tashqari barcha tokar-Iik ishlarini bajarish mumkin.