Umumiy tushunchalar. Tokarlik guruhi stanoklarining asosiy tiplari


Ko'p kesklchli stanoklar. Tokarlik yarim avtomatlari va avtomatlari



Yüklə 223,02 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü223,02 Kb.
#209562
1   2   3   4   5   6
Tokarlik stanogini tuzilishi va xarakatlari.

Ko'p kesklchli stanoklar. Tokarlik yarim avtomatlari va avtomatlari

Ko'p keskichli tokarlik stanoklari seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarish sharoitida pog'onali valiklar, tishli g'ildiraklar bloklari va shunga o'xshash detallarni tayyorlash uchun mo'ljallangan. Bu stanoklar ikki va undan ortiq supportga ega bo'lib, supportlarning har birida bir necha bir vaqtda ishga tushuvchi keskichlar o'rnatilgan. Oldingi support bo'ylama sh va ko'ndalang sk, orqa support esa faqat ko'ndalang sk surishlarga ega. Mashina vaqtining qisqarishi tufayli ish unumdorligi ortadi. Bir vaqtda bir necha keskichlar yordamida qirindi katta kesimli qilib olinishi sababli stanokning yuqori bikirligi ta'minlangan bo'ladi. Ko'p keskichli stanoklar yarim avtomatik sikl bo'yicha ishlaydi (10.6-rasm).




1H713 modelli ko'p keskichli tokarlik yarim avtomati diametri 400 mm gacha bo'lgan shesterna, val, halqa, flanes tipidagi detallar-ga zagotovkani patron yoki opravkada ko'p keskichli sozlash yoki kopir vositasida ishlov beradi. Bu stanok avtomatik liniyalar tarkibiga kiritilishi mumkin.
Tokarlik avtomatlari va yarim avtomatlari (avtomat va yarim av-tomat stanoklarning umumiy ta'rifi 8- bobda berilgan).
Avtomat-stanokda texnologik siklni bajarish, shuningdek tayyor bo'lgan detalni bo'shatib olish va yangi zagotovkani o'rnatib mahkam-Iash uchun zarur bo'lgan barcha asosiy va yordamchi harakatlar av-tomatlashtirilgandir.
Yarim avtomat-stanokda bir zagotovkani ishlash siklini tashkil etuvchi barcha asosiy va yordamchi harakatlar avtomatlashtirilgan. Detaining ishlovi tugagandan so'ng yarim avtomat to'xtatilib, ishchi detalni bo'shatib oladi, yangi zagotovkani o'rnatadi va stanokni qay-tadan ishga tushiradi.
Tokarlik avtomatik stanoklari bir va ko'p shpindelli bo'ladi. Za-monaviy bir shpindelli avtomatlarda 3-60 mm, ko'p shpindelli av-tomatlarda esa 15-125 mm Ii chiviqlardan detallar tayyorlanadi. Av­tomat tipini tanlash ishlab chiqarishning hajmi (seriyaliIigi)ga, ishlov berish aniqligiga, shuningdek iqtisodiyjihatlarga bog'liqdir.
Tokarlik avtomatlarida stanokning aniqIigi, ishlov turi va qo'llaniladigan kesuvchi asbobga qarab detallarga 8...13 kvalitetlar va yuza tozaligi dan oraliqda ishlov berish
mumkin.
Zagotovka sifatida avtomatik tokarlik stanoklarida chiviq (пруток)1аг, donali zagotovkalar va diametri 12 mm gacha bo'lgan simlar olinadi.
Shpindellarningjoylashishi bo'yicha gorizontal va vertikal, bajara-digan operatsiyalari bo'yicha bir shpindelli avtomatlar shakldor-kesib tushiruvchi, shakldor-bo'ylama yo'nish va tokarlik-revolver tur!ariga bo'linadi.
Shakldor-kesib tushirish avtomatlari 0 3-25 mm Ii kalta shakldor detallarga ishlov berish uchun mo'ljallangan. Zagotovka shpindelda sangali qisqich yordamida mahkamlanadi. Stanokda 2 dan 4 tagacha support bo'lib, ularning shakldor va kesib tushiruvchi keskichlari faqat ko'ndalang yo'nalishda harakatlanadi (10.7-rasrn).
Shakldor-bo'ylama yo'nish avtomatlari kichik diametrli uzun de-tallar uchun mo'ljallangan. Avtomatda 4-5 ta ko'ndalang support bo'lib, ular alohida kulachoklardan ko'ndalang surish harakati olib zagotov-ka atrofidajoylashtirilgan bo'ladi.

Tokarlik-revolver avtomatlari keng tarqalgan bo'lib, murakkab shaklli detallarga bir necha xil kesuvchi asboblar yordamida ishlov berishga mo'ljaUangan. Zagotovka sifatida asosan kalibrlangan chiviqlar olinadi. Ba'zan maxsus yuklash qurilmasi vositasida donali zagotovkalar-ga ham ishlov beriladi. Ko'pchilik operatsiyalarbu avtomatlarda shpin-delning chap aylanishida yuqori tezliklarda, rezba ochish, teshiklarni razvyortkalash kabi operatsiyalar esa, shpindelning o'ng aylanishida past tezliklarida bajariladi. Avtomat ikkita ko'ndalang va bo'ylamajoylashgan taqsimlovchi val-ga ega va ular har sikl (detaining tayyor bo'lish vaqti) mobaynida 1 marta to'la aylanadi.
Ko'p shpindelli avtomatlardan 1Б265 modeli asosida yaratilgan gorizontal tipdagi ketma-ket harakatga tushiriladigan 4-(lB265-4K), 6-(lB265-6K) va 8-(lB265-8K) shpindelli avtomatlarko'p uchraydi.
UlardanlB265-6K modelli olti shpindelli avtomat kalibrlangan chiviq yoki trubadan ko'p seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarish sharoitida keng qo'llaniladi. Bu avtomatning texnik xarakteristikasi quyidagicha:
Chiviqning eng katta diametri 65 mm; shpindel 73... 1065 mhr1 oralig'ida 29 aylanish chastotasiga ega; ko'ndalang supportlar soni 6 ta; bitta bo'ylama supporti bor. Detal olti pozitsiyada ketma-ket ishlov o'tadi. Shpindel bloki taqsimlash vali va besh ariqchali malta kresti mexanizmi vositasida buriladi.

Tokarlik-vintqirqar stanogining yaratilish tarixidan. Bir necha yuz va ming yillar davomida insoniyat mehnat qurollarini faqar toshdan yasab kelgan. Milloddan avvalgi 2-1 ming yillikka kelib qalayni misga qorishtirish yo’li bilan jez (bronza) kashf etildi. Natijada mehnat qurollarining turi ko’paydi. Ana shu davrga kelib odamlar turli xil materilallar, xususan, metallga mexanik ishlov berishni o’rganib olganlar. 1350-yillarga kelganda tokarlik stanogida harakatni amalga oshirishda odam va hayvon o’rniga suv kuchidan foydalana boshlangan. 1480- yillarda tokarlik stanogi takomillashgan, stanokda keskichni tutib turuvchi ibtidoiy qurilma (hozirgi davrdagi supportga o’xshash) bilan jihozlangan. Sanoatda inqilobiy ahamiyatga ega bo’lgan takomillashgan support 1800-yillardan keyin yuzaga kelgan. 1565-yilda Angliyada metall kesish stanogi yaratilgan. Metallga ishlov berish takomillashib borgani sari tokarlik stanoklari ham o’zgarib, ularning turi ko’payib bordi va metallga ishlov beruvchi yangi-yangi stanoklar (frezerlik, parmalash, jilolash, randalash) yaratila boshladi.


Metall kesuvchi stanoklar konstruktsiyasiga ko’ra o’zaro farqlanadi. Stanoklarning tavsifi va o’ziga xos xususiyatlari uning shartli belgilanishida ifodalanadi. Masalan, “1K62” yozuvi quyidagicha sharhlanadi. 1-raqam: 1- tokarlik stanoklari guruhi; “K”-stanok takomillashtirilgan; 2-raqam: tokarlik- vintqirqar stanoklari tipi; 3- va 4-raqamlar stanokning asosiy o’lchamlari (staninadan tokarlik stanogi markazlarigacha bo’lgan masofa)ni belgilaydi. 1K62 dagi 2 raqami staninadan markazlargacha bo’lgan masofa 215 mm ekanini bildiradi.
Tokarlik stanogi oddiy, universal, raqamli dastur bo’yicha boshqariladigan avtomat va yarim avtomat turlarga bo’linadi. Oddiy va universal tokarlik stanoklari detallarni donalab va oz sonda ishlab chiqrishda, avtomat va yarim avtomat tokarlik stanoklari ko’plab (ko’p sonda) ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Tokarlik stanoklarida aylanma sirtlarga ishlov berish yo’li bilan ichki va tashqi silindrik, konussimon va shakldor sirtlar, ko’ndalang yuzalar, silindrik va konus sirtlarda rezbalar hosil qilish mumkin. Tokarlik stanoklarida valik, vtulka, o’q, bolt, shpilka, shayba kabi detallar hosil qilinadi.


Tokarlik stanogining asosiy tavsiflarini quyidagi o’lchamlar belgilaydi: xom ashyoning eng katta diametri, staninadan markazlargacha bo’lgan masofa, markazlar orasidagi masofa.
Har qanday tokarlik stanogida xom ashyo stanok patroniga o’rnatiladi va unga aylanma (asosiy), support salazkasidagi keskichtutgichga o’rnatilgan keskichga surish (qo’shimcha) harakat berish orqali tokarlik operatsiyalari baj ariladi (1 -rasm).
Adabiyotlar ro'yxati:




  1. Yüklə 223,02 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin