Neftning hosil bo’lishi xaqidagi farazlar.
Neftning hosil bo’lish haqidagi ilk zamonaviy qarashlarni fanga M.V.Lomonosov olib kirgan bo’lib, uning gipotezasiga ko’ra yer osti issiqligini toshko’mirga ta’siri natijasida asfalt, neft va tosh moylari hosil bo’ladi. 1805 yilda esa A.Gumbolt tomonidan neftni minerallardan hosil bo’lgan degan fikr bildirildi.
1866 yilda M.Bertlo, 1871 yili G.Biasson tomonidan olib borilgan uglevodorodlarni noorganik sintezi tajribalari neftni minerallardan hosil bo’lganlik gipotezasini ilgari surilishiga turtki bo’ldi.
D.I.Mendeleev esa 1867 yilgacha neftni organik tabiatdan hosil bo’lgan degan fikrida qat’iy turib olganligiga qaramasdan 1877 yilga kelib yer qarida yuqori xaroratda hosil bo’lgan metall karbidlarini suv bilan ta’siri natijasida hosil bo’lgan degan fikrni ilgari sura boshladi. O’tgan yuz yillar ichida kimyoviy, geokimyoviy va geologik ma’lumotlar anchagina yig’ildi. Bugungi kunga kelib ko’pchilik olimlar neftni organik tabiatdan hosil bo’lgan deyishsada, ammo xali ham minerallar gipotezasini qo’llovchi olimlar guruhi uchrab turadi.
Dostları ilə paylaş: |