Umumiypedagogika


Pedagogika tarixi fan va o’quv predmeti sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar



Yüklə 111,27 Kb.
səhifə16/47
tarix14.05.2023
ölçüsü111,27 Kb.
#113539
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
Samarqand davlat universiteti

Pedagogika tarixi fan va o’quv predmeti sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar
“Pedagogika tarixi” fanining maqsadi, vazifalari, ustuvor tamoyillari, mazmuni. “Pedagogika tarixi” o’quv fani sifatida. “Pedagogika tarixi” fani g’oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyot bilan o’zaro aloqadorligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’lim-tarbiya jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida. Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari.
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Eng qadimgi yodgorliklarda shaxs tarbiyasiga oid fikrlarning ifodalanishi. Qadimgi davrlarda ijtimoiy tarbiyaning shakllanishi. Shaxs tarbiyasiga oid ilk fikrlarning kishilik faoliyati bilan bog’liqligi. Ibtidoiy jamiyatda tashkil etilgan tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari.
Xalq ijodiyoti namunalari (afsonalar, qo’shiqlar, “O’gitnoma”lar)da ibtidoiy axloq-odob va ta’lim-tarbiyaga oid masalalarning ifodalanishi. Qadimgi davlatlar – So’g’diyona, Baqtriya, Xorazmda ta’lim-tarbiyaning rivojlanishi va pedagogik fikrlarning shakllanishi.
Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi. “Avesto” – eng qadimgi ma’rifiy yodgorlik. Qadimgi so’g’d, xorazm, uyg’ur va turkiy-run yozuvlarining ta’lim-tarbiyani rivojlantirishdagi o’rni. O’rxun-Enasoy yodgorliklari va ularning ma’rifiy ahamiyati. Kultegin, Bilga hoqon, Tunyuquq bitiklarida ta’lim-tarbiya masalalarining o’ziga xos yoritilishi. Turkiy xalqlarning dastlabki savod maktablari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. ma’ruza, namoyish yetish, blis-so’rov, savol-javib, “baliq skeleti”, munozara, BBB, Insert, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A2; A3; A14; A15; A16; A17; Q22; Q23; Q26. Q29; Q30; Q31.
Q33; Q34; Q35.
VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar
Movarounnahrda Islom dini g’oyalari yoyilishining ta’lim-tarbiyaga ta’siri. Musulmon maktablarida tashkil etilgan ta’lim-tarbiya mazmuni. Islom dinining muqaddas manbalari (“Qur’on” va “Hadis”) – musulmon maktablari ta’lim-tarbiyasining g’oyaviy asoslari. Arab tilining savdo va madaniy aloqalar tiliga aylanishi.
Hadis ilmining paydo bo’lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy va boshqalar)ning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari. Imom Ismoil al-Buxoriyning “As-sahih” (“Ishonarli to’plam”), “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) asarlarining shaxs ma’naviy kamolotining tarkib topishidagi o’rni.
So’fiylik ta’limoti va namoyondalarining pedagogik qarashlari. Imom G’azzoliy – islom falsafasi va pedagogikasining asoschisi sifatida. Imom G’azzoliyning “Kimyoi saodat” asari. “Kimyoi saodat” asarining tarbiya taraqqiyotidagi o’rni. Ahmad Yassaviy “Hikmatlar”ining axloqiy-ma’rifiy ahamiyati. Masjidlar va ular huzuridagi maktablar – o’rta asrlar Movarounnahrining asosiy ta’lim muassasalari. Masjidlar va ular huzuridagi maktablarda ta’lim-tarbiyaning tashkil etilishi. O’rta asrlar ta’lim muassasalarida savod chiqarish metodikasi. “Chor kitob” va “Haftiyak” – dastlabki savod darsliklari sifatida.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. ma’ruza, namoyish yetish, blis-so’rov, savol-javib, “baliq skeleti”, munozara, BBB, Insert, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A2; A3; A14; A15; A16; A17; Q22; Q23; Q26. Q29; Q30; Q31.
Q33; Q34; Q35.

Yüklə 111,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin