Husnixatga o‘qitish metodikasi 4-mavzu: Harf elementlarini yozish. Talabalarga yozuv daftariga yozish qoidalarini eslatish. Harf elementlarini yozish tartibi bilan tanishtirish va mashq qildirish.
Talabalarni harf elementlarini yozish tartibi bilan tanishtirish. Husnixat bilan yozdirishni mashq qildirish.
2
V semestr bo‘yicha jami
8
Amaliy mashg‘ulotlar multemidia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akadem. guruhda alohida o‘tiladi. Ko‘rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari yordamida uzatiladi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari, ona tili o‘qitish prinsiplari, ona tili o‘qitish metodikasining tekshirish usullari, savod o‘rgatish metodikasi, husnixatga o‘rgatishning maqsad va vazifalari, ahamiyati, sinfda o‘qish metodikasi, sinfdan tashqari o‘qish metodikasi, fonetika, grammatika, so‘z yasalishi va orfografiyani o‘rgatish metodikasi mavzularini yoritishda suhbat, “B|B|B” str., klaster, tuchuntirish, munozara, kichik guruhlarda ishlash, kuzatish va qiyosiy-tanqidiy tahlil metodlardan foydalaniladi.
IV Mustaqil ta’lim Talaba mustaqil ishni tayyorlashda “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;