Umummetodologik fanlar kafedrasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə2/107
tarix27.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#103558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
MAJMUA ona tili oqitish

MUNDARIJA

1

O‘quv materiali






1.1

Ma’ruza matnlari






1.2

Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari va topshiriqlari






2

Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari






3

Glossariy (asosiy terminlar)






4

Ilovalar:






4.1

Fan dasturi






4.2

Ishchi o‘quv dasturi






4.3

Testlar






4.4

Baholash mezonlari






4.5

O‘UM ning elektron varianti







MA’RUZA MATNLARI


1-Modul. Boshlang‘ich sinflarda ona tili oʻqitish metodikasining umumiy masalalari. 1-Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tili oʻqitish metodikasi fanining predmeti va
    1. vazifalari.


Mavzu rejasi:

  1. Ona tili oʻqitish metodikasining maqsadi va predmeti.

  2. Ona tili oʻqitish metodikasining vazifalari.

  3. Ona tili oʻqitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.

  4. Ona tili oʻqitish metodikasining tamoyillari.

Tayanch so‘zlar: o‘qish fanining vazifasi, grammatika va imlo, tekshirish metodlari, ona tili o‘qtitish metodikasining tamoyillari


Metod aslida yunoncha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib, “bilish va tadqiqot yo‘li”, “nazariya”, “ta’limot” kabi ma’nolarni bildiradi1. Metodika (yun. “methodike”) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig‘indisi yoki o‘qitish usullari haqidagi ta’limot2 ta’lim berish metodlari, yo‘llari va vositalari haqidagi fandir.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanining predmeti o‘quvchilarga o‘zbek tilini o‘rgatish yo‘llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o‘qish va yozishni, grammatika va imloni o‘zlashtirib olish to‘g‘risidagi ilmdir.
Metodika maktab oldiga qo‘yilgan ta’lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tilini o‘rgatishning vazifalarini va mazmunini belgilaydi, ta’lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta’lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi.
Metodika fani quyidagi masalalarni o‘rganadi:

  1. O‘qitishning vazifalari va mazmunini aniqlaydi. Nimani o‘qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang‘ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta’lim mazmunini belgilab beradi, o‘quvchilar uchun darsliklar va qo‘llanmalar yaratib, ularni takomillashtirib, samaradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib boradi.

  2. O‘qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o‘quvchilar amaliy ishlari , mashqlar va yozma ishlarning izchil tizimini ishlab chiqadi, ya’ni “Qanday o‘qitish kerak?” savoliga javob tayyorlab beradi.

  3. O‘quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko‘nikma hosil qilishda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya’ni “Nega xuddi mana shunday o‘qitish kerak?” savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni o‘rganadi, tanlangan metodlarni asoslaydi, tavsiyalarni eksperimental tekshiradi.

Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo‘lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o‘rgatadi. Shu bilan birga, boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitish grammatika, imlo va unga bog‘liq holda nutq o‘stirish metodikasinigina emas, balki xat- savod o‘rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o‘qish metodikalarini ham o‘z ichiga oladi.
Shulardan kelib chiqib, boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fani quyidagi

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin