Umummetodologik fanlar kafedrasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə6/107
tarix27.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#103558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
MAJMUA ona tili oqitish

Fonetika va fonologiya grafika bilan bog‘liq holda savod o‘rgatish metodikasini ishlashda, elementar o‘qish ko‘nikmasini shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Fonetika va grafikaning fonetik tamoyil asosida yoziladigan imlo qoidalarini o‘zlashtirishda ham ahamiyati katta. Husnixat metodikasi grafika nazariyasiga tayanadi.
Leksikologiyani bilish maktabda lug‘at ishi (ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlarga oid xilma-xil mashqlar o‘tkazish, ko‘p ma’noli so‘zlar, ularning ma’no bo‘yoqlari ustida ishlash) ni to‘g‘ri tashkil etish uchun juda muhimdir.
So‘zning tarkibi va so‘z yasalishini o‘rganishda metodikaga so‘z yasalishi, etimologiya, grammatika asos vazifasini bajaradi.
Morfologiya va sintaksis mavhum til hodisalarini shakllantirishni, til qurilishi haqida tushuncha hosil qilishni to‘g‘ri tashkil etishga, grammatik tushunchalardan to‘g‘ri yozuv masalalarini hal qilish uchun foydalanishga imkon beradi. Grammatikadan bilimi bo‘lmagan o‘quvchilarda imlo va punktuastiyadan ko‘nikma va malakalarni shakllantirish mumkin emas. Grammatika o‘quvchilar nutqini o‘stirishda muhim o‘rin tutadi, chunki grammatika so‘z shakllarini to‘g‘ri tuzish, so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarni o‘zaro to‘g‘ri bog‘lash va gapni to‘g‘ri tuzishga o‘rgatadi.
To‘g‘ri yozuvga o‘rgatish metodikasining rivojlanishida o‘zbek tili imlosi nazariyasini hisobga olish talab etiladi.
O‘qish metodikasi adabiyot nazariyasiga asoslanadi, chunki o‘quvchilar badiiy asarni amaliy tarzda tahlil qiladilar, ularga adabiyotshunoslikdan nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo metodika adabiy asarning yaratilish qonuniyatlarini, ularning o‘quvchilarga ta’sirini, ayniqsa, adabiyotshunoslikka oid mavzulardan asarning g‘oyaviy mazmuni, uning mavzusi va syujeti, kompozistiyasi, janri, tasviriy vositalarini hisobga olishi zarur.
    1. Ona tili o‘qitish metodikasining tamoyillari


O‘quvchilarga ona tilini o‘rgatish, ularni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish vazifasidan kelib chiqib, bilish nazariyasiga asoslanib, barcha yaqin, o‘zaro bog‘liq fanlar tavsiyalariga asoslanib, ona tili o‘qitish metodikasi o‘z tamoyillarini ishlab chiqadi. Bu tamoyillar umumdidaktik tamoyillardan o‘zgacha bo‘lib, o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi o‘quv mehnatining yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Ona tili o‘qitish tamoyillari quyidagilar:


  1. Yüklə 0,53 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin