Umummetodologik fanlar kafedrasi


U tovushi qovun, sovun kabi so‘zlarda i



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə17/107
tarix27.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#103558
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107
MAJMUA ona tili oqitish

U tovushi qovun, sovun kabi so‘zlarda i tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham u yoziladi.
I tovushi bilan, sira kabi so‘zlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda doimo saqlanadi.

  1. O‘zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi yakka harf bilan belgilanadi. Ular quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jurnal), j (jo‘ja), k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‘, sh, ch, ng. Undoshlarni o‘rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi.

Alifbo davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, ya’ni ovozdor tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki sonor tovushlarni bo‘g‘in va so‘z tarkibidan ajratib olish oson. Lekin ng sonor undoshi n va g undosh tovushlari va harflari bilan tanishtirilgach, o‘rgatiladi. Harf birikmalarini o‘rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning alifbe davrining oxirgi bosqichida o‘rganilishi maqsadga muvofiqdir.
J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar ajratiladi. Birinchi darsda portlovchi j tovushini o‘rgatish, talaffuzini tushuntirish, analitik-sintetik mashqlar yordamida ko‘nikmalar hosil qilish, keyingi darsda esa sirg‘aluvchi j tovushi va uning talaffuzi o‘rgatiladi. So‘ng bu ikki tovushning talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitik-sintetik mashqlar yordamida mustahkamlanadi.
Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch tovushini ifodalovchi
ch harf birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach, o‘rgatiladi. O‘quvchilar bu harf birikmalarini bir
yaxlit tovush sifatida o‘qish va yozishga ko‘nikishlari lozim. Bu davrda s’h (is’hoq) tarzida o‘qiladigan holatga to‘xtab o‘tilmaydi.
Jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar (b-p, d-t, v-f, g-k, z-s kabi) haqida dastlabki tushunchalar beriladi, ularning talaffuzi va yozuviga e’tibor qaratiladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin