4-masalaning bayoni Bo‘g‘in ustida ishlash Bo‘g‘in murakkab tushuncha bo‘lgani uchun boshlang‘ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko‘ra, o‘quvchilarda so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiiadi. O‘quvchilar so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lishda so‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushun- chani ular savod o‘rgatish davridayoq hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so‘zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so‘zda nechta unli bo‘lsa, uni shuncha qism (bo‘g‘in)ga bo‘ladilar.
sinfda o‘quv yilining birinchi yarmida og‘zaki va yozma tarzda bo‘g‘inlarga bo‘lish, shuningdek, o‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra, muay- yan bo‘g‘inli so‘z tanlash mashqlari har darsda o‘tkaziladi. So‘zni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri va tez bo‘lish ko‘nikmasini hosil qilish 1-sinfda o‘tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O‘quvchilar o‘qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko‘nikmaga tayanadilar. O‘zbek grafikasida bo‘g‘in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O‘quvchi so‘zni to‘g‘ri yozish uchun uni awal bo‘g‘inlarga bo‘ladi. Bo‘g‘inlardagi tovushlarning o‘zaro bir-biriga ta’sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi. O‘quvchi quyidagicha muhokama yuritadi:
,,Vatan“ so‘zida ikki bo‘g‘in bor. Birinchi bo‘g‘inga va ya’ni v, a harflarini yozaman, ikkinchi bo‘g‘inga tan: ya’ni t, a, n harflarini yozaman. O‘quvchi so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish, bo‘g‘indagi har bir tovushning o‘rnini, tartibini aniq ko‘z oldiga keltirib, bo‘g‘inlab aytish ko‘nikmasiga ega bo‘lsa, so‘zdagi harflarni tushirib qoldirmay, o‘rnini almashtirmay yoza oladi. Shuning uchun bo‘g‘in ustida ishlashga so‘zni bo‘g‘inlab ko‘chirib yozish, bo‘g‘inlab diktovka bilan yozish (bo‘g‘inlab izohlab yozish) mashqlarini ham kiritish lozim. Ikkinchidan, so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish ko‘nikmasi o‘quvchilar uchun so‘zning oldingi qatorga sig‘may qolgan qismini keyingi qatorga bo‘g‘inlab to‘g‘ri ko‘chirish uchun zarur. O‘quvchilar „So‘zlar bir yo‘ldan ikkinchi yo‘lga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi“ va „Bir harfdan iborat bo‘g‘inni oldingi yo‘lda qoldirib yoki keyingi yo‘lga ko‘chirib bo‘lmaydi“ degan asosiy bo‘g‘in ko‘chirish qoidalarini 1-sinfdayoq o‘rganadilar. Oddiy tuyulgan birinchi qoida ham so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga mos keladigan maktab, Ra ’no, singil kabi so‘zlar misolida juda ko‘p mashqlar bilan mustahkamlashni talab etadi. Bolalar, ayniqsa, singil, ko‘ngil, tongi kabi so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lishda qiynaladilar, chunki bu so‘zlarda bitta jarangli undosh tovush ng harf birikmasi bilan ifodalanadi. Bu so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lishda bu ikki harf sing- Sim, ko‘ng-lim, tong-gi so‘zlaridagi kabi oldingi bo‘g‘inda qolishi, yoki si-ngil, ko‘-ngil, to-ngi so‘zlaridagi kabi keyingi bo‘g‘inga ko‘chirilishi kerak (Bir tovushni ifodalagan harfni ikkiga bo‘lib bo‘lmaydi). Keyingi qoida esa aka, ota, oila, mudofaa, mutolaa kabi so‘zlar misolida yanada ko‘proq mashq bilan o‘rgatish va mustahkamlashni talab etadi. Bu qoidalar keyingi sinflarda yangi murakkabroq so‘zlar misolida mustahkamlab boriladi.
Dasturga ko‘ra, tutuq belgili {ma’no, sun’iy kabi) so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish va ko‘chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo‘g‘inda bo‘lishi, katta, ikki kabi ikkita bir xil undoshli so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lganda ikkita bir xil undoshning biri oldingi bo‘g‘inda qolishi, ikkinchisi keyingi bo‘g‘inga o‘tishi (kat-ta, ik-ki kabi) o‘quvchilarga 1-sinfdayoq o‘rgatiladi.