Umummetodologik fanlar kafedrasi


Tavsiya etiladigan adabiyotlar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə38/107
tarix27.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#103558
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107
MAJMUA ona tili oqitish

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Qosimov K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Nosir, 2009.
2. Qosimov K. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: O‘qituvchi, 1985.
3. Roziqov O. va boshqalar .Ona tili didaktikasi –T.: Yangi asr avlodi, 2005.
4. Talim taroqqiyoti. Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standarti. Boshlangich ta’lim
2-mavzu: Fonetika asoslarini o‘rgatish metodikasi.
Reja:

  1. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning ona tilini o‘zlashtirishida fonetika bo‘limining ahamiyati.

  2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish.

  3. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlarning yozuvda ifodalanishi.

  4. Boshlang‘ich sinflarda bo‘g‘in ustida ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari

Asosiy tushunchalar va tayanch iboralar:, fonetika, unli va undosh tovoshlar, jarangli va jarangsiz undoshlar, bo‘g‘in, urg‘u.


1-masalaning bayoni
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda I sinf o‘quvchilari savod o‘rganish davrida o‘qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so‘zni to‘g‘ri talaf- fuz qilish (tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, urg‘uli bo‘g‘inni farqlash, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; d) fonetik bilim morfologik va so‘z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o‘quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo‘ladi; e) fonetik bilim gapni ohangiga ko‘ra to‘g‘ri aytish, logik urg‘u va gap qurilishidagi to‘xtamlarga rioya qilish uchun zaair; d) so‘zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo‘llash uchun muhimdir; hozir va hoztr, alios va atlas so‘zlari manosidagi farq faqat urg‘u orqali ajratiladi. So‘zning tovush tomonini tasavvur qilish so‘zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va qo‘llash uchun zarur.
O‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so‘zni aniq va to‘g‘ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab bo­radi, shu maqsadda ko‘pincha so‘zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi.
Maktab dasturiga muvofiq, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari fonetik- grafik ko‘nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo‘q jarangli va jufti yo‘q jarangsiz undoshlar; so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish, urg‘uli bo‘g‘inni talaffuzga ko‘ra amcfliv farqlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o‘zlashtiradilar, ammo ular maxsus o‘qigunlariga qadar so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lishni, so‘zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bil- maydilar. I sinf o‘quvchilarida so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish, bo‘g‘inlarga bo‘lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko‘nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o‘z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shu­ningdek, tovushlarning tabiati, so‘z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o‘zlashtirishga imkon beradi.
I sinfda fonetika va grafikani o‘rganishga katta o‘rin beriladi, chunki o‘quvchilar o‘qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin