Ona tili o‘qitish metodikasi” fаni bo’yichа test topshiriqlari
1. Ona tili darslarining tiplari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Yangi materialni o‘rgatish va mustahkoamlash ;
o‘tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish ; bilim va malakalarni umumlashtirish ; bilim va malakalarni tekshirish
B) O‘tilgan mavzuni so‘rash , yangi mavzuni bayon qilish, yangi mavzuni mustahkamlash
D) O‘quvchilar bilimini baholash , o‘quvchilar bilimini kengaytirish va mustahkamlash
E) O‘tilgan mavzuni so‘rash , uy vazifasi ustida ishlash, yangi bilim berish
2. Jufti bor jarangli undoshlar berilgan qatorni aniqlang.
A) y , l B) m , n D) d , g E) r , ng
3. Jufti yo‘q jarangli undoshlar qaysi qatorda berilgan?
A) z , j B) b , d D) l , r E) g , v
4. Qaysi qatorda jufti bor jarangsiz undoshlar joylashtirilgan?
A) sh , p B) q , h D) g , g’ E) A va D javoblar to’g’ri
5. Diktant so‘zining ma’nosi -
A) aytib bermoq , aytib turmoq , so‘zlamoq , gapirmoq
B) o‘ylamoq , fikrlamoq , yozmoq , o‘qimoq
D) o‘tkazmoq , eshittirmoq , izlamoq , chizmoq
E) to‘g‘ri javob berilmagan
6. Ta’limiy diktant turlarining soni –
A5 ta B) 6 ta D) 7 ta E) 8 ta
7. 3-sinfda lug‘at diktantdagi so‘zlar soni -
A)8 so‘z B) 10 – 12 so‘z D) 12 – 15 so‘z E) 17 -19 so‘z
8. 4-sinfda lug‘at diktantdagi so‘zlar soni –
A)12 – 15 so‘z B) 10 – 12 so‘z D) 14 – 16 so‘z E) 8 – 10 so‘z
9. 2-sinfda lug‘at diktantdagi so‘zlar soni –
12 – 15 so‘z B) 10 – 12 so‘z D) 8 so‘z E) to‘g‘ri javob berilmagan
10. 2-sinfda o‘quv yili oxirida tekshirish diktantidagi so‘zlar soni –
A) 25 – 30 ta B) 45 – 55 ta D) 55 – 65 ta E) 35 – 45 ta
11. 4-sinfda o‘quv yilining birinchi yarmi oxirida tekshirish diktantidagi so‘zlar soni – A) 25 – 30 ta
B) 65 – 70 ta D) 55 – 65 ta E) 45 – 55 ta
12. 3-sinfda o‘quv yilining oxirida tekshirish diktantidagi so‘zlar soni -
A) 35 – 45 ta B) 45 – 55 ta D) 55 – 65 ta E) 65 – 70 ta
13. Saylanma diktantni qaysi sinflarda o‘tkazish maqsadga muvofiq?
A) 1-sinfda B) 3 - 4 – sinfda D) 2-sinfda E) 1- 2 - sinfda
14. Diktant maqsadiga ko‘ra necha turli bo‘ladi?
A) 4 B) 3 D) 7 E) 2
15. 1 – 4 – sinflarda ta’limiy diktantning qaysi turidan keng foydalaniladi?
A) Ijodiy diktant B) Saylanma diktant D) Erkin diktant E) Izohli diktant
16. 1-sinf Ona tili darsligining muallifi –
A) Qosimova K. va boshqalar B) Fuzailov S. va boshqalar
D) Ikromova R. va boshqalar E) G‘afforova T. va boshqalar
17. 2-sinf Ona tili darsligining mualliflari –
A) Ikromova R. va boshqalar B) Qosimova K. va boshqalar
D) G‘afforova T. va boshqalar E) Fuzailov S. va boshqalar
18. 3-sinf Ona tili darsligining mualliflari -
A) Fuzailov S. va boshqalar B) Ikromova R. va boshqalar
D) Qosimova K. va boshqalar E) G‘afforova T. va boshqalar
19. 4-sinf Ona tili darsligining mualliflari –
A) G‘afforova T. va boshqalar B) Qosimova K. va boshqalar
D) Fuzailov S. va boshqalar E) Ikromova R. va boshqalar
20. ,, O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari “ qachon tasdiqlangan?
A) 1993-yil 2-sentabr B) 1995-yil 21-dekabr D) 1995-yil 24-avgust E) 1996-yil 1-sentabr
21. ,, Matnning umumiy mazmunini saqlagan holda ayrim so‘z yoki so‘z birikmalarini boshqa so‘z yoki so‘z birikmalari bilan almashtirib yozish “ ta’limiy diktantning qaysi turiga xos?
A) Lug‘at diktant B) O‘z diktant yoki yoddan yozuv D) Erkin diktant E) Ko‘rsatish diktanti
22. “ Xususiy xato “ –
A) ko‘pchilik o‘quvchilarda uchraydigan xatolardir B) ayrim o‘quvchilarda uchraydigan xatolardir
D) bunday xatolar yo‘q E) A va B javoblar to‘g‘ri
23. Diktantda qaysi xatolar hisobga olinmaydi?
A) o‘quvchilarga o‘rgatilmagan qoidalar yuzasidan
qilingan xatolar;
B) gap oxirida nuqta qo‘yilmagan bo‘lsa-yu , keyingi
gapni bosh harf bilan yozsa;
D) gap ma’nosini buzmagan holda biror so‘zni
boshqa so‘z bilan almashtirib yozsa;
E) A , B , D javoblardagi holatlarda
24. ,, 1-sinfda ona tili darslari “ nomli o‘quv-metodik qo‘llanmaning mualliflari –
A) Xudoyberganova M. va boshqalar B) Qosimova K. va boshqalar
D) Shodmonqulova D. va boshqalar E) G‘ulomova X. va boshqalar
25. ,, 2-sinfda ona tili darslari “ nomli o‘quv-metodik qo‘llanmaning mualliflari –
A) Qosimova K. va boshqalar B) Shodmonqulova D. va boshqalar
D) Xudoyberganova M. va boshqalar E) G‘ulomova X. va boshqalar
26. ,, 3-sinfda ona tili darslari “ nomli o‘quv-metodik qo‘llanmaning mualliflari –
A) G‘ulomova X. va boshqalar B) Xudoyberganova M. va boshqalar
D) Qosimova K. va boshqalar E) Shodmonqulova D. va boshqalar
27. ,, 4-sinfda ona tili darslari “ nomli o‘quv-metodik qo‘llanmaning mualliflari –
A) Xudoyberganova M. va boshqalar B) G‘ulomova X. va boshqalar
D) Shodmonqulova D. va boshqalar E) Qosimova K. va boshqalar
28. ,, Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi “ nomli qo‘llanmaning muallifi kim?
A) Roziqov O. B) Qosimova K. D) Ikromova R. E) Shodmonqulova D.
29. O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) mazmundor , mantiqiylik B) aniq , boy , tushunarli D) ifodali , to‘g‘ri
E) yuqorida ko‘rsatilganlarning barchasi
30. Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan , tugallangan mavzuni ifodalaydigan , mantiqiy va grammatik qoidalar asosida tuzilgan , mustaqil , tugallangan va o‘zaro bog‘langan , ma’noli qismlarga bo‘linadigan nutq –
A) hikoya deyiladi B) bog‘lanishli nutq deyiladi D) ichki nutq deyiladi E) tashqi nutq deyiladi
31. O‘qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so‘ng yozma qayta hikoyalash –
A) inshodir B) bayondir D) hikoyadir E) ertakdir
32. Insho material manbaiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?
A) 2 turga B) 5 turga D) 3 turga E) 4 turga
33. Insho janriga ko‘ra –
A) hikoya tarzidagi insho B) tasvir tarzidagi insho D) muhokama tarzidagi insho
E) yuqorida sanalganlarning barchasi
34. Rasm asosidagi inshoning nechta turi mavjud?
A) 2 ta turi B) 3 ta turi D) 4 ta turi E) 5 ta turi
35. Og‘zaki yoki yozma insho ustida ishlash necha bosqichga bo‘linadi?
A) 2 bosqichga B) 3 bosqichga D) 4 bosqichga E) 5 bosqichga
36. Nutqiy xatolar –
A) lug‘aviy-uslubiy xatolar B) morfologik-uslubiy xatolar D) sintaktik-uslubiy xatolar
E) yuqorida sanalganlarning barchasi
37. Maktabda lug‘at ustida ishlash metodikasining asosiy yo‘nalishlari nechta?
2 ta B) 3 ta D) 4 ta E) 5 ta
38. Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘z va iboralarning yig‘indisi –
A) lug‘at tarkibi yoki leksika deyiladi B) olinma so‘zlar deyiladi
D) iboralar deyiladi E) to‘g‘ri javob berilmagan
39. Ikki jildlik ,, O‘zbek tilining izohli lug‘ati “ dagi so‘zlar miqdori –
A) 50 000 B) 65 000 D) 60 000 E) 55 000
40. Besh jildlik ,, O‘zbek tilining izohli lug‘ati “ dagi so‘zlar miqdori –
A) 60 000 B) 70 000 D) 75 000 E) 80 000
41. Talaffuzi , yozilishi har xil bo‘lgan , bir umumiy tushuncha ( ma’no ) ifodalaydigan so‘zlar –
ma’nodosh ( sinonim ) so‘zlardir B) shakldosh ( omonim ) so‘zlardir
D) zid ma’noli ( antonym ) so‘zlardir E) to‘g‘ri javob berilmagan
42. Berilgan javoblar orasidan undalmaga berilgan ta’rifning eng to‘lig‘i va to‘g‘risini belgilang.
A) Undalma gapning boshi , o‘rtasi , oxirida keladi.
B) So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni ifodalagan
so‘zga undalma deyiladi.
D) So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs va narsalarni
ifodalagan so‘zlarga undalma deyiladi.
E) Undalma gapning o‘rtasida kelgan bo‘lsa , uning
ikki tomoniga vergul qo‘yiladi.
43. Berilgan gaplarning qay birida murakkab va shaxsga qaratilgan undalma qatnashgan?
A) O‘g‘lim , dadangning ishi ko‘payib ketdi. B) Bahor , ketma bizning bog‘lardan.
D) Quyosh , nurlaringni to‘ka ber tinmay.
E) Ey aziz bolalar , Vatanga munosib posbon bo‘lib
yetishing.
44. Keltirilgan qoidalarning qay birida undalmaning o‘rni to‘liq ko‘rsatilgan?
A) Undalma gapning boshida keladi. B) Undalma gapning boshi , o‘rtasi , oxirida keladi.
D) Undalma gapning oxirida keladi. E) Undalma gapning o‘rtasida keladi.
45. Punktuatsiya qanday prinsiplarga asoslanadi?
A) semantik prinsipga B) sintaktik prinsipga
D) intonatsion prinsipga E) yuqorida sanalganlarning barchasi
46. ,, Punktuatsiya ham , yozuv kabi , kishilar orasidagi aloqaning muhim vositalaridan biri sanaladi“. Matn muallifini aniqlang.
A) Abdurahmonov G‘. B) Shoabdurahmonov Sh. D) Nazarov K. E) Egamberdiyev B.
47. ,, Tinish belgilari fikrni aniq va tez uqib olishga hamda o‘zgalarga uqtirishga yordam beradi “ . Matn muallifi kim?
A) Shoabdurahmonov Sh. B) Nazarov K. D) Abdurahmonov G‘. E) Egamberdiyev B.
48. Imloviy ( orfografik ) mashqlarga qaysilar kiradi?
grammatik-imloviy ( orfografik ) tahlil B) ko‘chirib yozuv; diktantlar
D) leksik-grammatik tahlil; bayonlar E) yuqorida sanalganlarning barchasi
49. Ko‘rib idrok qilingan so‘z , gap , matnni yozma shaklda berish –
A) ko‘chirib yozuvdir B) diktantdir D) saylanma diktantdir E) to‘g‘ri javob berilmagan
50. Boshlang‘ich sinflarda insho tahlili va xatolar ustida ishlash uchun qancha vaqt ajratiladi?
A) 5 – 10 daqiqa B) 10 – 15 daqiqa D) 15 – 20 daqiqa E) 20 – 25 daqiqa
51. Ona tili mashg‘ulotlarini tashkil etishda qanday reja turlaridan foydalaniladi?
A) Yillik va yarim yillik reja B) Choraklik reja D) Mavzuiy reja
E) yuqorida sanalganlarning barchasi
52. Talaffuzga asoslangan yozuv qoidalari qaysi prinsipga kiradi?
A) Shakliy B) Morfologik D) Fonetik E) to‘g‘ri javob berilmagan
53. So‘zning eng kichik , bo‘linmaydigan ma’noli qismi –
A) o‘zak morfemadir B) affiksal morfemadir D) morfemadir E) to‘g‘ri javob berilmagan
54. So‘zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda qanday belgilarga asoslanadi?
A) leksik ma’nosi B) morfologik D) sintaktik E) yuqorida sanalganlarning barchasi
55. Boshlang‘ich sinflarda ,, Sifat “ mavzusi qanday izchillikda o‘rganiladi?
A) sifat bilan dastlabki tanishtirish
B) sifat haqida tushuncha berish
D) shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim
sifatlarning yozilishini o‘zlashtirish
E) yuqorida sanalganlarning barchasi
56. 1-sinfda o‘quv yili oxirida tekshirish diktantidagi so‘zlar soni –
A) 25 – 30 so‘z B) 35 – 45 so‘z D) 15 so‘z E) to‘g‘ri javob berilmagan
57. 4-sinfda o‘quv yilining oxirida tekshirish diktantidagi so‘zlar soni –
A) 45 – 55 ta so‘z B) 55 – 65 ta so‘z D) 65 – 70 ta so‘z E) 75 – 80 ta so‘z
58. Diktantlar maqsadiga ko‘ra necha turli bo‘ladi?
A) 3 turli B) 5 turli D) 7 turli E) 2 turli
59. Ovozdor ( sonor ) tovushlar berilgan qatorni aniqlang.
A) b , d , j B) k , g , g‘ D) m , n , l E) f , p , t
60. O‘zbek tilida qaysi harflar ikkitadan nutq tovushini ifodalaydi?
A) ch , ng B) sh , h D) j , s E) to‘g‘ri javob berilmagan
61. Tutuq belgisi qaysi o‘rinlarda qo‘llanilishini belgilang.
A) So‘z bo‘g‘inlarini ajratib ko‘rsatish uchun;
B) So‘zda a , e , u unli tovushlaridan so‘ng ovoz biroz
tutilib , shu unlining cho‘ziqroq talaffuz qilinishini
ifodalash uchun;
D) Sh harflari ikki tovushni ifodalagani uchun;
E) A , B va D javoblardagi o‘rinlarda
62. Xato yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) Ota-ona , katta-kichik B) Otayu-ona , kattayu-kichik
D) Ota-yu ona , katta-yu kichik E) to‘g‘ri javob berilmagan
63. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga amal qilingan so‘zlar qatorini ko‘rsating.
A) Ya-ngi , de-ngiz , lan-gar B) Ing-liz , ko‘n-gil , so‘n-gi
D) Ton-gi , uzan-gi , bir-in-chi E) A va B javoblar to‘g‘ri
64. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga amal qilinmagan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) Ikir-chikir , qop-qop , u-bu B) Ra’-no , ma’-no , mudo-faa
D) Ko‘-ngil , to-ngi , so‘ng-gi E) Sin-gil , ken-gash , den-giz
65. U harfi o‘rniga o‘ harfini qo‘yib ma’nosini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan so‘zlar qatorini belgilang.
A) Bur , qul , qush B) Tur , ulush , qum D) Sur , buz , bug‘u E) Tuz , tutun , tush
66. Qaysi qatordagi so‘zlarda ,, ng “ harflar birikmasi bitta tovushni ifodalashga xizmat qilgan?
A) Mangu , tanga , menga B) Senga , unga , bunga D) Ingliz , kongress , Ngiliy
E) Kengash , yangi , yengi
67. Lablangan unlilarni aniqlang.
A) a, I B) e , o D) o‘ , u E) to‘g‘ri javob berilmagan
68. O‘rta keng unlilar qaysi qatorda joylashganini aniqlang.
A) i , u B) o , o‘ D) a , e E) to‘g‘ri javob berilmagan
69. Tor unlilar berilgan qatorni belgilang.
A) o , o‘ B) i , u D) a , e E) D va B javoblar
70. Keng unlilar qatorini aniqlang.
A) i , u B) a , e D) o , o‘ E) A va D javoblar
71. Lablanmagan unlilar qatorini belgilang.
A) i ,e B) o‘ , u D) to‘g‘ri javob berilmagan
E) o‘zbek tilida bunday unlilar yo‘q
72. Jarangsiz undosh tovushlar berilgan qatorni aniqlang.
A) v , g , l , r B) m , n , d , z D) s , sh , ch , x E) b , j , g‘ , ng
73. Jarangli undosh tovushlar berilgan qatorni belgilang.
A) k , t , s B) q , h , p D) ch , sh , x E) y , g , r
74. Bo‘g‘inga noto‘g‘ri ajratilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) So‘-ngi , si-ngil , tong-gi B) Ko‘ng-li , lan-gar , in-gliz D) Yan-gi , ko‘n-gil , ing-liz
E) To-ngi , mang-lay , tan-ga
75. Xato yozilgan so‘zlar qatorini belgilang.
A) shox , shoh , uxlamoq B) uhlamoq , hol , xol D) xo‘sh , hush , es-hushli
E) xushhabar , xushyor , baxodir
76. Imlo belgilari soni to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) 5 ta B) 4 ta D) 3 ta E) 2 ta
77. Sonlarning imlosi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
A) 25 dekabr 2008 yil B) XII-sessiya
D) III-sinf E) 2009-yilning 10-yanvari
78. Yonma-yon keladigan undoshlar imlosi imlo qoidalarining nechanchi moddasida berilgan? A) 34-modda B) 7-modda D) 31-modda
E) 5-modda
79. So‘zboshida qo‘llanmaydigan harfiy birikmani belgilang.
A) sh B) ng D) ch E) o‘zbek tilida bunday birikma yo‘q
80. Qaysi qatordagi so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?
A) hashak , raxmat B) lovilla , gurilla
D) Qayyum , Ayyub E) shovilla , bulduruq
81. O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida ikki undosh kelsa , ular keyingi satrga –
A) ko‘chirilmaydi
B) birgalikda ko‘chiriladi
D) biri oldingi satrda qoldirilib , ikkinchisi ko‘chiriladi
E) o‘zbek tilida bunday qoida yo‘q
82. Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi –
A) birgalikda ko‘chiriladi B) biri qoldirilib , ikkinchisi ko‘chiriladi
D) bunday qoida yo‘q
E) to‘g‘ri javob berilmagan
83. Yildan yilga , tomdan tomga kabi birinchi qismi chiqish kelishigida , ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan birikmalar –
A) chiziqcha bilan yoziladi B) ajratib yoziladi D) to‘g‘ri javob berilmagan
84. Belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko‘pdan ko‘p , tekindan tekin , yangidan yangi kabilar
A) ajratib yoziladi B) chiziqcha bilan yoziladi D) to‘g‘ri javob berilmagan
85. Marosim , afsona kabilarni bidiruvchi qo‘shma otlar –
A) qo‘shib yoziladi B) ajratib yoziladi D) chiziqcha bilan yoziladi E) to‘g‘ri javob berilmagan
86. Takror taqlid so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan ot va fe’llar –
A) ajratib yoziladi B) chiziqcha bialn yoziladi D) qo‘shib yoziladi
E) o‘zbek tilida bunday holat uchramaydi
87. Taqlid so‘zlardan fe’l yasovchi -illa qo‘shimchasi so‘z tarkibida v va u tovushi bo‘lganda –
A) -illa aytiladi va shunday yoziladi B) -ulla aytiladi va shunday yoziladi
D) bunday qoida yo‘q E) to‘g‘ri javob berilmagan
88. Qaysi so‘zlarga I , II shaxs egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda bir y tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi?
A) mavqe , mavzu B) orzu , bobo D) parta , maktab E) kitob , qalam
89. Qaysi olmoshlarga -ni , -ning , -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda n tovushi aytilmaydi va yozilmaydi?
A) Kim , nima , qayer B) Men , sen D) U , bu , o’sha E) Hamma , barcha
90. Qaysi olmoshlarga -da , -dan , -day , -dagi , -ga , -gach , -cha qo‘shimchalari qo‘shilganda n tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi?
A) barcha , hamma B) bu , shu D) men , biz E) kim , nima
91. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) dardi bedavo , nuqtayi nazar B) tekindan-tekin , ko‘pdan-ko‘p
D) tomdan-tomga , qizigandan-qizidi E) yangidan-yangi , dardi sar
92. Qaysi qatorda chiziqcha noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) kutaman-a , yashang-e B) to‘ppa-to‘g’ri , qip-qizil
D) uyma-uy , rang-barang E) tomdan-tomga , tekindan-tekin
93. Qaysi qatorda bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga amal qilingan?
A) Qar-DU , O‘z-MU , a-da-biy B) sin-gil , ko‘n-gil , ton-gi
D) sing-lim , ko‘ng-li , tong-gi E) pesh-ayvon , o-qi-la , mu-do-faa
94. Yonma-yon keladigan unlilar imlosi imlo qoidalarining nechanchi moddasida berilgan?
A) 4-moddasida B) 11-moddasida D) 7-moddasida E) 31-moddasida
95. Yuklama-qo‘shimchalarning qaysilari so‘zlarga qo‘shib yoziladi?
A) -e , -ey B) -ov , -gina D) -chi , -a E) -ku , -da
96. Yuklama-qo‘shimchalarning qaysilari so‘zlarga chiziqcha yordamida yoziladi?
A) -mi B) -oq D) -gina E) -ku
97. Xatosiz yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) O‘rta Chirchiq , Ko‘hna Urganch B) yangiyo‘l , to‘rtko‘l , xalqobod
D) foto-apparat , elektro-texnika E) suv osti , bayram oldi
98. –(a)r ( inkori -mas ) qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar
A) ajratib yoziladi B) qo‘shib yoziladi D) chiziqcha bilan yoziladi
E) o‘zbek tilida bunday holat uchramaydi
99. Murakkab son qismlari –
A) qo‘shib yoziladi B) ajratib yoziladi D) to‘g‘ri javob berilmagan E) A va B javoblar to‘g‘ri
100. O‘zbekiston Respublikasining ,, Davlat tili haqida “ gi Qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida “ gi Qonuni qabul qilingan sanani aniqlang. A)1995-yil 21-dekabr B) 1995-yil 24-avgust D) 1993-yil 2-sentabr E) to‘g‘ri javob berilmagan
1 Англо-русский словарь. Составитель В.К.Мюллер. Москва, 1971, стр.528.